“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 20:20
ЎЗO‘Z

Jizzax viloyati hokimi qarori bilan o‘qituvchilardan «So‘g‘diyona» klubi uchun mablag‘ yig‘ilgani ma’lum bo‘ldi

16 noya, 04:11 4 231 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzax viloyati hokimi qarori bilan o‘qituvchilardan «So‘g‘diyona» klubi uchun mablag‘ yig‘ilgani ma’lum bo‘ldi Xalq ta’limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati Jizzax viloyatida o‘qituvchilardan mahalliy «So‘g‘diyona» futbol klubining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 272,15 mln. so‘m mablag‘ yig‘ilganini aniqladi. Hozirda ushbu mablag‘larni egalariga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev 2018 yilning 2 noyabrida «So‘g‘diyona» professional futbol klubining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida»gi 360-F sonli farmoyishi qabul qilingan. Mazkur farmoyishga asosan joriy yilning 3–4 noyabr kunlari umumxalq hashari tashkil etilgan. Farmoyishda umumxalq hashari doirasida boshqarmalar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘lari «So‘g‘diyona» professional futbol klubining hisob raqamiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu umumxalq hashari doirasida Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 10ta tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ishchi-xodimlaridan jami 272.156.729 so‘m miqdorida pul mablag‘lari ishchi-xodimlarning ish haqidan o‘tkazib berilgan.

Ta’kidlash lozimki, hokimning bu farmoyishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-sonli «O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga zid ravishda qabul qilingan.

Hukumat qarorining 2-bo‘lim «a» bandiga ko‘ra, umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida faqat O‘zbekiston Prezidentining tegishli hujjati yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori mavjud bo‘lgandagina tashkil etish mumkin.

Xalq ta’limi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati aralashuvidan so‘ng Jizzax viloyati hokimining 2018 yil 2 noyabrdagi «So‘g‘diyona professional futbol klubining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida»gi 360-F sonli farmoyishi 2018 yil 10 noyabrdagi 369-F-sonli farmoyish bilan bekor qilinishi ta’minlandi.

Hozirda «So‘g‘diyona» futbol klubi hisob raqamiga noqonuniy o‘tkazilgan pul mablag‘larini qaytarish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi vazirlik axborot xizmati xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 28
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 72
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 104
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 33
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 0
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 9
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 72
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 28
  • Bo‘limlar