“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:22
ЎЗO‘Z

To‘qqiz oyda O‘zbekistonga Rossiyadan 350 ming nafar sayyoh kelgan

13 noya, 21:28 3 036 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘qqiz oyda O‘zbekistonga Rossiyadan 350 ming nafar sayyoh kelgan Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida O‘zbekistonga Rossiyadan 350 ming sayyoh kelgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘pdir.

Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov Novosibirskda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda aytib o‘tdi.

“Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida O‘zbekistonga jami 3,9 millionga yaqin sayyoh keldi. Shundan 350 ming nafari Rossiya fuqarolaridir. O‘tgan yilning mazkur davrida bu ko‘rsatkich 270 ming nafarni tashkil etgan edi”, deydi elchi.

Umuman, 2017 yilda O‘zbekistonga 1,9 million nafar sayyoh tashrif buyurgan.

Botirjon Asadovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi o‘laroq mana shunday natijalar kuzatilyapti. Masalan, joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida O‘zbekistonda 190 ta yangi tur operatori ish boshlagan.

Bundan tashqari, viza rejimini sezilarli darajada soddalashtirdi. Masalan, 101 davlatning fuqarolari O‘zbekistonda besh kun vizasiz bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari, 17 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishlari mumkin. Ular orasida Rossiya fuqarolari ham bor.

“O‘zbekiston parlamentining delegatsiyasining Moskvaga tashrifi doirasida parlamentarlarimiz xalqaro hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilishdi. Bundan turizm sohasiga ham e’tibor qaratildi. Masalan, bolalar turizmiga oid g‘oyalar ilgari surildi. O‘zbekiston bolalar dam olish uchun katta imkoniyatlarga ega”, - deydi Botir Asadov.

O‘z navbatida, Novosibirsk viloyati iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Olga Molchanova mazkur sohada ikki tomon ham ulkan salohiyatga egaligini ta’kidlab, tovar ayirboshlash hajmini oshirish borasida katta imkoniyatlarga borligini aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda o‘zbek matolari, sabzavotlari va mevalariga qiziqish katta. Novosibirsk esa O‘zbekistonga o‘simliklarni himoya qilish vositalari va tibbiy texnika vositalari yetkazib berishga tayyor.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” loyihasi doirasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti, shuningdek, Yekaterinburg, Ufa va Qozon shaharlarida ham o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 796
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar