“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:45
ЎЗO‘Z

2019 yildan Oltoy o‘lkasi O‘zbekistonga chorva mollarini yetkazib beradi

13 noya, 14:11 7 527 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2019 yildan Oltoy o‘lkasi O‘zbekistonga chorva mollarini yetkazib beradi Rossiyaning Oltoy o‘lkasi 2019 yildan O‘zbekistonga cho‘l zotidagi chorva mollarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘lka Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Chebotayev xabar berdi.

"2000 ta zotdor hayvon Oltoy o‘lkasidan tashqariga sotildi. Hayvonlar Rossiyaning 14 ta hududiga va Qozog‘istonning ba’zi viloyatlariga yetkazib berilmoqda. Oktyabrda bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekistonning hududlararo hamkorlik forumida O‘zbekistonga chorva mollarini yetkazib berish bo‘yicha ilk kelishuvlarga erishildi. Keyingi yildan Oltoy o‘lkasi O‘zbekistonga cho‘l zotli chorva mollarini eksport qilishni rejalashtirmoqda",– dedi vazir.

O‘zbekistonda 2018 yil boshidan buyon go‘sht mahsulotlari narxi o‘rtacha 23 foizga oshdi. Ushbu davrda, ayniqsa, mol go‘shti va qo‘y go‘shti narxi sezilarli darajada o‘sdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, joriy yil O‘zbekistonda 2,4 mln tonna go‘sht yetishtirilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 30 oktyabrda imzolagan “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2020 yil 1 yanvarga qadar tirik yirik qoramol, qo‘y-echkilar va ularning go‘shtini bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirish mumkin bo‘ladi.
Oltoy o‘lkasi, chorva mollari, Rossiya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 87
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 34
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar