“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:36
ЎЗO‘Z

Ayrim o‘zbekistonliklarning Qozog‘istondagi sarguzashtlari

11 noya, 21:38 4 620 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ayrim o‘zbekistonliklarning Qozog‘istondagi sarguzashtlari Birovning haqidan qo‘rqmaslik nimadan dalolat beradi? Albatta, qalb ko‘zining yumuqligidan. Hayotda shunday insonlar borki, ular o‘z nafslari yo‘lida qo‘shnisini, do‘stini va hatto qarindoshini ham ayab o‘tirmaydi – ularning haqini tap tortmay yeydi. So‘nggi kunlarda odamlarni ishlatib, ularning pullarini bermay, yallo qilib yurgan “shovvoz”lar anchagina. Ular o‘zlaricha “davring keldi, qandingni ur”, deb yurishgan bo‘lsada, ammo bir kunmas-bir kun qonun oldida, albatta, javob berishadi. Yaratgan huzuridagi hisob esa barchasidan qattiq va alamli bo‘ladi.

KUN.UZ tahririyatining elektron pochtasiga kelgan navbatdagi maktub mazmuni bilan tanishar ekanmiz, beixtiyor ana shular haqida o‘yladik. Quyida voqea tafsilotlari keltiriladi.

“Assalomu alaykum. Biz bundan ikki yil avval oilamizni boqish uchun Qozog‘istonga bordik. Jami 4 kishi edik. F.A ismli o‘zbek yigiti ish topishda vositachi bo‘ldi. Maoshimiz har bir kishi uchun 300 AQSh dollaridan edi. 45 kunda ishimizni tugatdik. Uyga qaytishimiz uchun yo‘lkira, pasportlarimiz va maoshimizni F.A.dan so‘radik. U kelib pasportlarimizni va yo‘lkiraga pul berib, uyimizga jo‘natib yubordi. Maoshimizni esa ortimizdan jo‘natib yuborishga va’da berdi.

Oradan 21 kun o‘tib pullarimiz keldi, ammo shunda ham 15 kunlik ish haqimiz (150 dollar) qolib ketdi. F.A bizga qo‘ng‘iroq qilib, Qozog‘istonga kelishimizni, ish borligini, qolgan pullarni ham berishini aytib, yoniga chaqirdi. Unga ishonib, 4 kishi yo‘lga chiqdik. Ish boshlandi. Oradan 15 kun o‘tdi, 1 oy o‘tdi, biroq maoshdan darak bo‘lmadi. Pul so‘ragan edik 200 AQSh dollari berdi. Bir kishiga pul kerak edi, unga jo‘natdik. 2 oycha ishlab uyga qaytdik, ammo pul ololmadik.

Uyga kelsak, yana bizga qo‘ng‘iroq qilib, katta ish olganini, ko‘pchilik bo‘lib kelishimiz zarurligini, qolgan pulimizning hammasini berishini aytib, chaqirib qoldi. 6 kishi bo‘lib yana bordik. Ammo yana o‘sha gap, puldan darak bo‘lmadi. Bir sherigimizning otasi og‘rib qolganligi uchun 15 kun deganda O‘zbekistonga qaytib ketdi. 5 kishi bo‘lib yana 2 oy ishladik. Ishlar tugadi. F.A.dan pulimizni so‘rasak, ortlaringdan jo‘nataman, deb va’da berdi. U pullarni uzog‘i bilan 5 kunda olishini aytdi. Shu sabab uning yoniga akam qoldi, biz 4 kishi uyga qaytdik. Akam u yerda 15 kun bir o‘zi ishladi. 3 kishiga 300 AQSh dollaridan, 2 kishiga esa 200 AQSh dollaridan, jami 1300 AQSh dollari jo‘natdi, o‘zlari ham uyga qaytdilar. Ammo bu pullar kelishilgan mablag‘ emasdi. Shu bois F.A.ga qo‘ng‘iroq qilib, qolgan pullarni so‘radik. Ammo u hozir qo‘lida pul yo‘qligini aytdi.

Qolgan kishilar ham pullarini so‘ray boshlashdi. O‘rtaga men bilan akam qolib ketdik. Odamlarning oilalari uyimizga kelib janjal ham qilib ketishdi. Biz F.A.ning yoniga borib, pullarni so‘radik. U bir oy ichida qilib berishini aytdi. 1 oy akam ikkimiz o‘sha yerda yana ishladik. Ammo pul berilmadi. Unga tegishli joyga arz qilishimizni aytdik. Istagan joylaringa boringlar, pul yo‘q dedi. Pasportlarimiz uning qo‘lida edi, bermadi. Uyga ketamiz desak, ishni tugatib ketasanlar dedi. Uning bir do‘sti bor edi. millati turk, o‘zi Qozog‘iston fuqarosi. Shu pasportlarimizni olib kelib berdi. Qo‘limizda pul bo‘lmagani uchun yo‘lkiraga uydan pul so‘rab, qaytib ketishga majbur bo‘ldik.

Ushbu masala yuzasidan Prezident portaliga yozdik. Militsiya, prokuratura, tergovchi, mahalla noziri ham aralashib pullarimizni olib bera olishmadi. Sheriklarimizga vaziyatni tushuntirdik. Ular ham portalga murojaat qilishdi, foydasi bo‘lmadi. Oradan ikki yil o‘tdi. Biz bilan ishlagan B ismli yigit internet orqali F.A bilan gaplashgan ekan. U hamma pullarni akamdan berib yuborganini unga aytgan. O‘rtada yana mashmasha, janjal ko‘tarildi. Xullas, bir firibgarni deb shunday vaziyat bo‘lib turibdi.

Hozirga kelib F.A.ning bizdan jami qarzi 3400 AQSh dollarini tashkil etadi”.

Voqealar rivojiga e’tibor berilsa, oilamni boqaman, besh-to‘rt so‘m orttirib uy qilaman, to‘y qilaman deb, halol ishlab pul topmoqchi bo‘lgan insonlar chuv tushirilgan. Qayta-qayta ishlatib, pullari berilmagan. Ularning soddaligidan manfaat yo‘lida foydalanilgan. O‘rtaga vositachi bo‘lgan yigit ham begona emas – o‘zbek.

Chet ellarga ish yuzasidan tez-tez chiqib turadigan tanishim bor. Bir kun suhbatda xorijda ishlab, o‘qib, dam olib yurgan millatdoshlar haqida ketib qoldi. Suhbatdoshimning aytishicha, xorijda yurgan ayrim o‘zbeklar bir-birini ko‘rsa, uncha quvonmaydi, borib salom-alik qilgisi kelmaydi, iloji boricha o‘zini tanitishni istamaydi. “Borib hol-ahvol so‘rashsang, gaplarida mehr yo‘qligini, munosabatlari nisbatan sovuq ekanligini sezib ung‘aysizlanasan”, deydi suhbatdoshim. Balki shu holat ham yuqorida keltirilgan muammolarga sabab bo‘layotgandir. Chunki chetda yurgan bir millat vakili bir-birining quvonchu tashvishlari bilan bo‘lishib tursa, ichiqora, g‘araz niyatli kishilar o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zga bir millatdoshlaridan foydalanishmasmidi?

Birovning haqi shu paytgacha o‘zgaga nasib etmagan. F.A va shunga o‘xshash kimsalar tomonidan sodda odamlarni aldab, ularning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirib, bu ham yetmagandek ularning peshona terlari bilan topgan pullarini o‘zlashtirib yuborish o‘zini anglagan inson bolasining ishi emas. Chunki bu pullar nafaqat o‘sha ishlagan insonniki, balki uning ortidan ko‘z tikib qolgan otaniki, onaniki, rafiqaniki, bolalarniki. Buning uvoli, albatta, qattiq bo‘ladi...
Sarvar Anvar o‘g‘li
o‘zbekistonliklar, Qozog‘iston, pullar




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar