“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:45
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda 8-sinf o‘quvchisi o‘zini osdi

08 noya, 09:18 7 958 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda 8-sinf o‘quvchisi o‘zini osdi 2 noyabr kuni Qarshi tumani, «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan, 2004 yilda tug‘ilgan, Qarshi tumanidagi 63-maktabning 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan M.A o‘zi istiqomat qilib kelgan uy ayvoniga o‘zini arqon bilan osgan deb yozadi Kun.uz nashri.

6 noyabr kuni Bosh prokuratura Tezkor guruh a’zolari tomonidan vaziyat o‘rganildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma’lum qilishicha, hodisa sodir bo‘lgan joy Qarshi tumani prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshqa tezkor xodimlar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani xalq ta’limi bo‘limiga, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy komissiyasiga, tuman ichki ishlar bo‘limiga, «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va Yoshlar ittifoqi tuman kengashiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

«Ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazmasdan turib, qonuniy to‘xtamga kelishning imkoniyati bo‘lmaganligi sababli Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan 06.11.2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Jinoyat ishi tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Avvalroq ushbu hodisa haqida bir necha nashrlarda yozilgandi.

M.A.ning otasi J.A.ning aytishicha, uning o‘g‘li maktabda muttasil ravishda kamsitilganiga chiday olmasdan o‘z joniga qasd qilgan.

«Bir oy oldin sinf rahbari o‘quvchilarga o‘g‘limning yuziga tupurishni buyurgan. Bu vaqtda sinfxonada maktab direktorining o‘rinbosari ham bo‘lgan. Doimiy ravishda kamsitilishi oqibatida o‘g‘lim maktabga borishni istamay qo‘ydi. U o‘z joniga qasd qilishdan 2 kun oldin maktabga qatnashni to‘xtatgandi», deya otaning so‘zlarini keltirgan «CA-NEWS».

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda 63-maktab direktori o‘rinbosari va M.A o‘qigan sinf rahbari ishdan bo‘shatilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 52
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 283
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 90
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 100
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar