“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:06
ЎЗO‘Z

Toshkentdagi fojia bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

31 okt, 15:00 4 410 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdagi fojia bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika bosh Davlat sanitariya vrachi Saydimurod Saidaliyev Toshkent shahar Chilonzor tumanida ro‘y bergan zaharlanish holati to‘g‘risida rasmiy axborot berdi.

Qayd etilishicha, xonadon egasining ayoli 2018 yil 30 oktyabr kuni, taxminan soat 20:00da Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining ro‘parasidagi milliy taomlar kafesidan 5 dona sixga tortilgan qiyma kabob, tandir non va to‘g‘rab, uksus solingan piyoz sotib olib, uyiga olib borgan. Ularning uyi shu kafening yaqinida joylashgan. Uyda ayolning o‘zi, uning – 1996 yil, 2001 yil, 2003 yilda tug‘ilgan qizlari va 2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘li bilan kabobni iste’mol qilishgan.

Ayolning bergan ma’lumotiga ko‘ra, kabobda noxush hid va ta’m sezishmagan. Soat 23:30larda bolalar binoning ikkinchi qavatidagi xonaga chiqib uxlashgan. Ularda hech qanday kasallik belgilari bo‘lmagan. Ayolning taxminan soat 23:30larda boshi qattiq og‘rigan, ko‘ngli aynigan va ko‘p marta qusgan. Xonadon egasi kabob iste’mol qilingan vaqtda uyda bo‘lmagan, qo‘shnisinikida bo‘lib, taxminan soat 24:00da uyiga qaytgan. Ayolining sog‘lig‘i yomonlashganligi to‘g‘risida tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilishmagan. Er-xotin binoning birinchi qavatida uxlashgan.

2018 yil 31 oktyabr soat 04:00da ayol ikkinchi qavatdagi farzandlari uxlayotgan xonani ochib ko‘rganda bolalarini og‘zidan ko‘pik qusuqlari chiqib, behush xolda yotganligini ko‘rib, tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan. Soat 04:30da tez tibbiy yordam mutaxassislari kelib, ular tomonidan ayolning qizlari va o‘g‘lida biologik o‘lim holati qayd etilgan. Ayni paytda xonadon egasi sog‘lom, uning turmush o‘rtog‘iga esa Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ahvoli qoniqarli ekani aytiladi.

Ushbu xonadon egalari yangi qurilgan 3 qavatli binoga yaqinda ko‘chib o‘tishgan. Uy yerto‘lada o‘rnatilgan, tabiiy gazda ishlaydigan isitish qozoni orqali isitiladi.

Yuzaga kelgan ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning topshirig‘iga muvofiq Bosh prokuratura, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislaridan iborat hukumat komissiya tuzildi. Komissiya tomonidan ushbu holat bo‘yicha ovqatdan yoki is gazidan zaharlanish taxminlari o‘rganilmoqda.

Xonadon va milliy taomlar kafesidagi tashqi muhit ob’ektlaridan tahlillar uchun tegishli namunalar olinib, Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatining laboratoriyasiga topshirildi. O‘rganilayotgan taxminlar, laboratoriya tahlillari natijalari xamda amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bir oilaning to‘rt farzandi zaharlanish oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 0
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar