“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:33
ЎЗO‘Z

Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev lavozimidan chetlatilishi kutilmoqda

29 okt, 17:15 4 677 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev lavozimidan chetlatilishi kutilmoqda 29 oktyabr kuni Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev egallab turgan lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda Turon24 nashri xabar berdi.

Bu iste’fo ijtimoiy tarmoqlarda ust-boshini yechmasdan ariqqa tushib, tizza bo‘yi suvda turgan olti erkakning surati keng tarqalganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Voqea 25 oktyabr kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan. OAVlarning voqeaga bevosita guvoh bo‘lganlarga tayanib xabar berishicha, 6 kishi bug‘doyga suv qo‘ymagani uchun bosh vazir o‘rinbosari Toshkent viloyati va Oqqo‘rg‘on tumani mutasaddilari ko‘z o‘ngida ularni sovuq suvga tushirib, jazolagan.

Bu surat ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuv keltirib chiqargan. Ayni shu masalaga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi 29 oktyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev egallab turgan lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda.

Zoyir Mirzayev Jomboy tuman hokimi, Samarqand shahar va viloyat hokimi lavozimlarda ishlab kelgan. U 2016 yilning dekabrida Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangan edi.

Voqealar tafsiloti to‘ldirilmoqda ...




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar