“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:02
ЎЗO‘Z

Bojxonachilar “Samanta” ko‘magida “Kobalt”ga yashirilgan tamakilarni fosh etishdi (foto)

27 okt, 23:53 3 594 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bojxonachilar “Samanta” ko‘magida “Kobalt”ga yashirilgan tamakilarni fosh etishdi (foto) Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan qaytib kelayotgan M.D. imli shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinani bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida yurtimizga katta miqdordagi tamaki mahsulotlari kirib kelishining oldini olishdi.

Gap shundaki, ushbu avtomashinaning yo‘lovchi kabinasini “Samanta” laqabli xizmat iti yordamida tekshirish chog‘ida bojxonachilar avtomashinaga noqonuniy mahsulot yashirilganligini payqab qolishdi.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Shundan so‘ng avtomashina chuqur bojxona nazoratidan o‘tkazilganda xizmat itining xatti-harakatlari o‘z isbotini topdi, uning eshiklaridan panellari yechib ko‘rilganida, avtomashina old va orqa eshiklari orasida mohirona yashirilgan 887 quti “MILANO” va 50 quti “ESSE Light” yozuvli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Tekshiruv davomida haydovchi va yo‘lovchi kelishgan holda ushbu huqubuzarlikni sodir etganligiga iqror bo‘lishdi.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 182-moddasiga binoan (bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirincha tovarlarni noqonuniy olib o‘tish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga topshirildi. Hozirda aniqlangan tamaki mahsulotlari hamda avtotransport vositasi huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yildi.

Ma’lumot sifatida: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yil davomida 21 ta holatda tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 44
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar