“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 12:57
ЎЗO‘Z

Yangi qurilgan uyda ko‘chmas mulk istalgan summada sotib olinganda poytaxt propiskasi beriladi

25 okt, 12:23 4 286 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi qurilgan uyda ko‘chmas mulk istalgan summada sotib olinganda poytaxt propiskasi beriladi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 yildagi 845-son qarori bilan quyidagi hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom; Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Norma’ning yozishicha, 2017 yil iyul-avgustdan boshlab joriy etilgan tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari yangi qurilgan uyda ko‘chmas mulk sotib olish sharti bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskadan o‘tish imkonini qo‘lga kiritgan edilar. Parallel ravishda bitimning eng kam summasi haqidagi shart joriy etilgan edi:

• Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan va o‘sha mintaqalarda doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun – qiymati 2 500 EKIHdan kam bo‘lmagan (material e’lon qilingan sanada – 460 mln 750 ming so‘m). Shuningdek oldi-sotdi bitimini notarial tasdiqlaganlik uchun 5 foizlik boj to‘lash ham talab etilgan;
• Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan – qiymati 600 mln so‘mdan kam bo‘lmagan. Shuningdek oldi-sotdi bitimini notarial tasdiqlaganlik uchun 10 foizlik boj to‘lash ham talab etilgan.

Keyinchalik shaxs Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxatining 1-bandi, shuningdek Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar – chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar toifalari ro‘yxatining 1-bandiga asosan turar joy mulkdori sifatida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskadan o‘tish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan.

Endi O‘zbekiston fuqarolari uchun bitim summasi bo‘yicha cheklovlar to‘liq olib tashlandi. Bitim summasi miqdori hatto 1 so‘m bo‘lishi mumkin. Chet el fuqarolari esa, qaysi toifaga mansubligidan qat’i nazar, 3 300 EKIH (material e’lon qilingan sanada – 608 mln 190 ming so‘m) to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa, O‘zbekistonning boshqa mintaqasida propiskaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ko‘proq to‘laydigan bo‘ldilar.

Adliya vazirligi 2018 yil fevralda tayyorlagan loyihadan farqli ravishda, qabul qilingan hujjatda propiskaga ega bo‘lmay turib ikkilamchi bozorda turar joy sotib olishga ruxsat berilmagan. Garchi bekor qilish taklif etilgan bo‘lsa ham, turar joy uchun hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirish tartibi ham saqlanib qoldi.

Ma’lumot uchun: Yangi turar joyni ipotekaga sotib olish propiskadan o‘tishga to‘sqinlik qilmaydi.

Yangiliklarning amalda joriy etilishi muayyan darajada Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (30.03.2010 yilda 2090-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) qabul qilingan hujjatga muvofiqlashtirilishiga ham bog‘liq. Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari uchun bitim summasining eng quyi chegarasi bekor qilingan ekan, demak, turar joyning oldi-sotdi bitimini notarial tasdiqlaganlik uchun davlat bojini yuqorida bayon etilgan tartibda hisoblab chiqarish mexanizmiga ham o‘zgartirish kiritiladi.

Hujjat 24.10.2018 yildan kuchga kirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 23
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 87
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 85
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 30
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 10
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 14
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 61
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 56
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 23
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 80
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 43
  • Bo‘limlar