“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:14
ЎЗO‘Z

Serbiyadan Rossiyaga meva eksporti hajmi kamayib ketdi. Bunga O‘zbekistonning ta’siri qanday?

25 okt, 06:57 3 515 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Serbiyadan Rossiyaga meva eksporti hajmi kamayib ketdi. Bunga O‘zbekistonning ta’siri qanday? Serbiyadan 2018 yilda Rossiya Federatsiyasiga meva yetkazib berish hajmi keskin kamayib ketdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri ma’lum qildi. Xususan, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida Serbiyadan Rossiyaga olma eksporti 113 ming tonnadan 71 ming tonnaga, shaftoli va nektarin 34,6 ming tonnadan 20,6 ming tonnaga, gilos 8 ming tonnadan 4,7 ming tonnaga, olcha 3,1 ming tonnadan 2,3 ming tonnaga, sarxil o‘rik 3,1 ming tonnadan 0,4 ming tonnaga, qulupnay 10,4 ming tonnadan 9,1 ming tonnaga qisqarib ketgan.

Shunday qilib, Serbiyaning bu boradagi daromadi ham 17 foiz pasayib, 159 mln. dollargacha tushib ketdi. Vaholanki, sohadagi yetakchilar Ekvador, Turkiya, Xitoy, Misr meva yetkazib berish hajmlarini oshirgan.

Jumladan, Xitoy yanvar-avgust oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51 foiz ko‘p meva jo‘natib, 257 mln. dollar ishlab olgan.

Serbiyadan meva import qilish hajmining kamayishi ushbu davlat orqali YeI mamlakatlaridan meva-sabzavot mahsulotlarini reeksport qilish ustidan nazoratni kuchaytirilgani bilan bog‘liq.

Bu boradagi yana bir omil Rossiya bozorlariga Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Xitoydan meva-sabzavot yetkazib beruvchilar tomonidan raqobatning kuchayganidir. Masalan, Turkiya ko‘rsatib o‘tilgan muddatda Rossiyaga meva eksportini 38 foiz, Eron 2,1 barobar, Ozarbayjon (Eron mahsulotlarini reeksport qilish hisobiga) 57 foiz, O‘zbekiston 39 foizga oshirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar