“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 04:19
ЎЗO‘Z

Bir haftada sakkiz hokim ishdan boʻshadi

23 okt, 09:15 4 503 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bir haftada sakkiz hokim ishdan boʻshadi 14 oktyabr kuni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hududlarda paxta yigʻim-terimi masalalari boʻyicha selektor yigʻilishi oʻtkazgan edi. Unda hukumat rahbari faoliyatidagi kamchiliklar sababli hududlardagi bir qator rahbarlarni tanqid qilib, 10 nafar hokimga ishdan boʻshash toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishni topshirgan edi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi. Yigʻilishda bosh prokuror Otabek Murodov hamda prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirok etdi

Yigʻilish boʻlib oʻtganidan bir hafta ichida sakkiz nafar tuman va shahar hokimi ishdan boʻshatildi. Jumladan, Fargʻona hokimi Shavkat Erkaboyev va Fargʻona tumani hokimi Sodiqjon Imomaliyev lavozimidan chetlatildi.

2017 yil sentyabridan Xorazm viloyati Urganch tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Otabek Bekchonov vazifasidan ozod qilindi. Uning oʻrniga hokimning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibligi mudiri Frunze Ilhomovich Sharipov vaqticha bajaruvchi etib tayinlandi.

Sirdaryo viloyati Guliston tumaniga 2012 yildan buyon “Oʻzagrokimyohimoya” kompaniyasining Sirdaryo viloyati boʻyicha rahbari boʻlib ishlab kelayotgan Shavkat Alibekovich Gʻafurov Abdumavlon Ibodullayev oʻrniga tayinlandi.

Toshkent viloyati Angren shahriga Hakimjon Abdulazizov oʻrniga bunga qadar “Markazgaztaʼminot” unitar korxonasi Samarqand boʻlimi direktori, ungacha — “Oʻztransgaz” rahbari boʻlib ishlagan Shukurulla Nasimxonov Mahmudov hokim boʻldi.

Toshkent viloyati hokimi Gʻulomjon Ibragimov paxta terimi boʻyicha rejadan ortda qolinayotgani uchun ogʻzaki hayfsan oldi.

Andijon viloyati Oltinkoʻl tumaniga avval Davlat texnik mehnat inspeksiyasi viloyat boʻlimini boshqargan Nazirjon Aliyevich Oʻrinboyev hokim etib tayinlandi. 2016 yil dekabridan buyon tumanga Baxtimurod Karimov boshchilik qilib kelayotgan edi.

Aburashid Yuldashev Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimi lavozimini tark etdi. Hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Jalolitdin Jamolovich Oqboyev hokim vazifasini vaqtincha boshqaruvchi boʻldi.

Shahrisabz tumanini 2017 yil iyunidan boshqarib kelayotgan Xolbobo Bozorov ham lavozimidan chetlatildi. Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Isroil Ibrohimovich Omonov yangi hokim boʻldi, deya xabar qildi viloyat hokimiyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 19
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 75
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 82
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 34
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 162
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 60
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 92
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 19
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 43
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 53
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 76
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 37
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 267
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 75
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 70
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 82
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 122
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 34
  • Bo‘limlar