“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:26
ЎЗO‘Z

Namanganda firibgar 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

18 okt, 14:55 4 552 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namanganda firibgar 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasidan olingan xabarga ko‘ra, shu yilning 11 oktyabr kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga N.O. ariza bilan murojaat qilgan.

U o‘z arizasida 2018 yil 10 oktyabr kuni molxona qurish uchun yer maydoni ajratish yuzasidan Mingbuloq tumani hokimligiga borganida, u yerda bo‘lgan X.M. fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lmasa-da, o‘zini tumandagi “Shuhrat Abdulqosimovich” nomli fermer xo‘jaligi rahbari deb tanishtirib, N.O.ning ishonchiga kirib, unga o‘zining fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 6,5 gektar yer maydoniga molxona qurish uchun tuman hokimi qarorini chiqartirib berishini aytib, evaziga 50 ming AQSh dollari berishini so‘rayotganligini ma’lum qilgan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB hamda Namangan viloyati prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Mingbuloq tumanidagi “Shuhrat Abdulqosimovich” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi bo‘lib ishlovchi X.M. Namangan shahrining Go‘zal dahasida ariza muallifi N.O.dan talab qilingan pullardan 10000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan X.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, 28-moddasi va 211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar