“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:24
ЎЗO‘Z

Alisher Usmonov Olmaliqda MISiS universiteti filiali ochilishida ishtirok etadi

17 okt, 15:43 3 812 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Usmonov Olmaliqda MISiS universiteti filiali ochilishida ishtirok etadi Ertaga, 18 oktyabr kuni O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida Olmaliq shahrida MISiS Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Olmaliqdagi filiali ochilishi bilan universitetning, shu jumladan, xorijdagilarni ham qo‘shib hisoblaganda, filiallari soni oltitaga yetadi.

«MISiS» MTTU O‘zbekistonda o‘z bo‘limiga ega bo‘lgan to‘rtinchi Rossiya oliy ta’lim dargohiga aylanadi.

Tantanali ochilish marosimida RF Fan va oliy ta’lim vaziri Mixail Kotyukov, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Rossiyadagi USM Holdings aksionerlik jamiyati asoschisi va rahbari Alisher Usmonov, «MISiS» MTTU rektori Alevtina Chernikova, OTMK boshqaruvi raisi Abdullo Xursanov ishtirok etadi.

Bugungi kunda «MISiS»da texnologik mutaxassisliklar (tog‘ ishi, metallurgiya, materialshunoslik va materiallar texnologiyasi, texnologik mashinalar) bo‘yicha O‘zbekistondan 400 nafardan ziyod talabalar va aspirantlar tahsil olmoqda.

Filialga Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq shahrida joylashgan binosi va Olmaliq sanoat kasb-hunar kollejining binosi tekin foydalanish uchun berilgan.

2018/2019 o‘quv yilida filial uchun ajratilgan kvota miqdori 150 kishini tashkil qiladi. Filialda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda «MISiS» MTTU tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘quv jarayoniga o‘zbek mutaxassislari bilan bir qatorda Rossiyadan ham yuqori malakali o‘qituvchilar jamoasi jalb qilingan.

Respublikaning ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘i uchun muhim ilmiy- texnologik vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash, metallurgiya, konchilik ishi va sanoat ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish yangi oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar