“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 14:06
ЎЗO‘Z

Surxondaryoda kursdoshidan homilador boʻlib qolgan qiz oʻz joniga qasd qildi…

10 okt, 12:10 11 116 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Surxondaryoda kursdoshidan homilador boʻlib qolgan qiz oʻz joniga qasd qildi… Surxondaryoning Termiz shahridagi axborot texnologiyalari kollejida tahsil olgan 17 yashar qiz oʻzi yashaydigan hovlidagi ogʻilxonada joniga qasd qilgan. Aniqrogʻi, oʻzini osib qoʻygan. Bunga 18 yoshli kursdoshidan ikki oylik homilador ekani haqida xabar topishi sabab boʻlgan. Qiz bu sharmandalikka chiday olmabdi.

Otasining aytishicha, qizi bilan uchrashib yurgan yigit negadir gʻoyib boʻlgan.

— Men uydagilarga qizimni oʻsha yigitnikiga olib borib qoʻyishni buyurdim, — dedi u. — Ammo yigitning uyidagilar homilador kelin ularga kerak emasligini aytib qizimni ortga qaytarishdi. Bu holat ikki karra takrorlandi. Shundan keyin bechora qizim joniga qasd qildi…

Yana marhumaning otasi aytib oʻtdiki, bu masalada hali qizi hayot boʻla turib mahalla qoʻmitasiga, militsiyaga yordam berishlarini soʻrab murojaat etgan. Ulardan ikki yoshni hech qursa ZAGS dan oʻtkazib qoʻyishda koʻmak soʻragan. Yordam berishmagan. Huquqni muhofaza qilish tashkilotidagilardan qizini sharmanda qilgan yigitga nisbatan jinoiy ish ochishlarini talab qilgan. Bu talabi ham ado etilmagan. Ular yigit va qiz orasidagi munosabat ikkovlarining oʻzaro rozi-rizoligi bilan amalga oshirilganini aytishgan.

Huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari juda toʻgʻri aytgan. Davlatimiz qonuni talabiga koʻra, oʻzaro rozi-rizolik asosida yuritilgan ishqiy munosabatlar jinoyat hisoblanmaydi.

Ammo mahalladagilar tomoshabin boʻlib turishmagan ekan. Bu haqda oʻsha qiz yashagan mahalla faollaridan biri gapirib bergan. Uning aytishicha, yigit shu qizga uylanishni juda xohlagan. Biroq ota-onasi rozi boʻlmagan. Homilador kelin kerak emas deb turib olgan. Qiz oʻylab oʻtirmay, joniga qasd qilib qoʻyishi yetti uxlab tushlariga kirmagan.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 168
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 135
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 128
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 222
  • So'nggi yangiliklar
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 168
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 39
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 66
  • Bo‘limlar