“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 13:43
ЎЗO‘Z

Fargʻonada oʻzini “MIB xodimi” deb tanishtirgan firibgar qoʻlga tushdi

10 okt, 10:11 5 840 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fargʻonada oʻzini “MIB xodimi” deb tanishtirgan firibgar qoʻlga tushdi Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida soxta Majburiy ijro byurosi xodimi qoʻlga tushdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi inspektori Jamoliddin Odilov maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, Yaypan shahrida yashovchi A.A. Majburiy ijro byurosi davlat inspektori uchun maxsus belgilangan xizmat kiyimini tiktirib oladi. U bu kiyimda shaharning Bodomzor koʻchasida yashovchi S.T. ning xonadoniga keladi. Oʻzini Majburiy ijro byurosi Oʻzbekiston tuman boʻlimi xodimi, deb tanishtiradi. Gap orasida “Elektron onlayn” savdolari orqali unga arzon narxda televizor va kir yuvish mashinasi olib berishini aytadi. Shunday qilib, soxta xodim S.T.ning 831 000 ming soʻm naqd pulini olib, voqea joyini tark etadi.

S.T. ning arizasi asosida toʻplangan hujjatlar yuzasidan Oʻzbekiston tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan A.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Yarashuv toʻgʻrisidagi qaror bilan jinoyat ishi sudga taqdim qilindi.

Tergov jarayonida A.A.dan Majburiy ijro byurosi yozuvlari boʻlgan bir nechta xizmat kiyimi sifatida tikilgan ust-boshlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 1
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 1
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 0
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 0
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 13
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 1
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 0
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 0
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 9
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 8
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 4
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 13
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 85
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 47
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 107
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 62
  • Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi 30 apr, 06:39 48
  • Bo‘limlar