“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:31
ЎЗO‘Z

Fargʻonalik 14 yoshli homilador qizning taqdiri qanday kechdi?

29 sen, 23:30 10 905 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fargʻonalik 14 yoshli homilador qizning taqdiri qanday kechdi? Joriy yilning avgust oyida Fargʻona viloyati Beshariq tumanida 14 yoshli qiz homilador boʻlib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. Unda qizning onasi uni uch erkak bilan jinsiy aloqaga kirishishga majburlaganlikda gumon qilinayotgani aytilgandi. UZ24 bu xabarlarga oydinliklik kiritish va hodisa tafsilotlarini toʻliq oʻrganish maqsadida surishtiruv oʻtkazdi.

Boʻlgan voqea haqida tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Gulchehra Yoʻldosheva quyidagilarni soʻzlab berdi:

“Oʻtgan yilning dekabr oyida u qiz yonimga maktab direktori, psixologi, hamshirasi, otasi-onasi bilan keldi. Qiz maktabga bormay qoʻyganligi sababli oʻqituvchisi, maktab hamshirasi va maktab psixologi buning sababini bilish uchun qizning uyiga borgan. Hamshiraning tekshiruvlari natijasida qiz homilador ekani aniqlangan. Shundan soʻng mahalla raisi va maktab direktorini olib meni yonimga bu masalada qanday chora koʻrishni soʻrash uchun kelishdi. Boʻlgan voqeani eshitgach, IIB profilaktika boʻlimi noziri Jahongirni chaqirdim. Bu voyaga yetmagan qiz, surishtiring dedim. Keyin tibbiyot birlashma, Onalik va bolalik hamda ginekologiya boʻlimi boshliqlarini chaqirtirdim.

Qizning onasi esa qizining homiladorligidan xabardor boʻlishiga qaramay, qizim homilador emas, deb turib olgan edi. U bizga agar shunday boʻlsa, qizimni ham oʻzimni ham oʻldiraman deb tahdid qildi. Shundan soʻng tekshiruv boshlanib ketdi.

Sud-psixiatriya ekspertiza xulosalarida qizning onasi va uch erkak oʻz harakatlarini tushunib yetgani va oʻz harakatlarini boshqara olganligi, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga muhtoj emasligi koʻrsatilgan.

Shuningdek, Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi ruhiy kasalliklar shifoxonasining sud-kompleks psixologik-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga koʻra, voyaga yetmagan qiz aqli zaiflikning yengil darajasi deb nomlangan tugʻma ruhiy kasallik bilan xastalangani, u oʻziga nisbatan qilingan jinsiy harakatlarning mohiyatini toʻliq tushunmagani koʻrsatilgan».

Qizni koʻrikdan oʻtkazib, uning hayotini saqlab qolgan holda homilasini tushirishda qatnashgan Reproduktiv salomatlik markazi bosh ginekologining xulosalari bilan ham tanishildi:

“14 yoshli bu qizni bizga onasi, uchastka doyasi hamda maktab hamshirasi 26 dekabrda olib keldi. Biz uni tekshiruvdan oʻtkazdik. Qizning homilasi 16 haftalik ekanligi va uning tushish xavfi yuqoriligi aniqlandi. Bunga qanday chora koʻrishni maslahatlashish uchun mutasaddilar bilan birgalikda dalolatnoma tuzdik. Unga koʻra, bu ayolimizning sogʻligi yaxshi emas, oyoqlarida shish bor, kam qon, buyurakda ham oʻzgarish bor edi. Bu qizga umuman tugʻish mumkin emas. Agar tugʻishgacha olib borilsa, onaning oʻlimiga olib kelishi mumkin, degan xulosaga kelganmiz. Sogʻliqni saqlash vazirligining 312-buyrugʻi asosida tushirish rejalashtirildi. Onasining roziligi bilan bolani tushirib olganmiz. Qizni toʻliq nazorat ostiga oldik. Uyida ambulator karta ochib, maktab hamshirasini unga biriktirib qoʻydik. Oradan bir oy vaqt oʻtib, tergov-surishtiruv ishlari boshlandi”.

Hozirda bu qiz Qoʻqon shahridagi maxsus maktab-internatga joylashtirilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Beshariq tuman sudi bu ishni koʻrib chiqib, pul evaziga oʻz qizini erkaklarga qoʻshib qoʻygan 39 yashar uy bekasi Davronova Feruzaga JKning 131-moddasining (qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 4 -qismi “a”, «b” bandi, 118- moddasining 4-qismi 28-moddasida koʻzda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. JKning 57-59 moddalariga asosan qisman tayinlovga jazo qoʻshish yoʻli bilan 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qizni zoʻrlaganlikda ayblangan Beshariq tuman Chorbogʻtoʻronil qishlogʻi fuqarolari Sherzod Balibekov, Jasur Ergashev va Ergashali Sulaymonovlar JKning 118-moddasi, yaʼni voyaga yetmagan qizni zoʻrlashda aybli deb topilib, ularning har biri 12 yildan qamoq jazosiga hukm qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar