“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 04:45
ЎЗO‘Z

Toshkent shahrida doimiy “propiska” qilish tartibiga oʻzgartirish kiritildi. Nimalar oʻzgardi?

26 sen, 10:21 6 037 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahrida doimiy “propiska” qilish tartibiga oʻzgartirish kiritildi. Nimalar oʻzgardi? Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilgan oʻzgartirishlar Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazildi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Oʻzgartirishlarga asosan, endilikda doimiy propiskaga qoʻyish uchun turar joy, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar, nikoh tuzilganlik, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxalarini notarial tasdiqlatish shart emas.

Roʻyxatning 5-bandi boʻyicha (propiskadagi shaxsga uylangan yoki turmushga chiqqan) propiskaga kirishda er-xotinning kamida bir yil birgalikda yashayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etish talabi ham bekor qilindi.

Bundan tashqari, oʻzgartirish bilan Roʻyxatning 5-bandi boʻyicha (propiskadagi shaxsga uylangan yoki turmushga chiqqan) propiska qilingan shaxs bir yil ichida nikohi bekor qilinsa olingan doimiy propiskani yoʻqotishi belgilandi.

Shuningdek, tashkilot rahbari iltimosnomasi asosida doimiy propiskaga ega boʻlgan shaxs, xuddi shunday iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan boshqa tashkilotga ishga oʻtgan taqdirda, uning propiskasi bekor qilinmaydi.

Buning uchun fuqaro bir oy muddat ichida ish joyidan berilgan maʼlumotni ichki ishlar organlariga (pasport stolga) taqdim etishi lozim.

Propiskaga kirgan shaxslarning oila aʼzolarini propiskaga kiritish tartibi ham aniqlashtirildi.

Xususan, Roʻyxatning 5-bandi asosida (propiskadagi shaxsga uylangan yoki turmushga chiqqan) propiska qilinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tugʻilgan farzandlari (oʻz oilasiga ega boʻlmagan) doimiy propiska qilinadi.

Xuddi shunday, Roʻyxatning 9 – 12-bandlari (respublika ahamiyatidagi tashkilotlarga ishga kirgan, saylangan shaxslar) propiska qilingan fuqarolarning ular bilan bir vaqtda doimiy propiskani rasmiylashtirmagan oila aʼzolarini (eri, xotini, shuningdek oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) doimiy propiska qilish, turar joy maydoni mulkdorining roziligi bilan tegishli ravishda amalga oshiriladi.

Oʻzgartirishlarga muvofiq Roʻyxatning 2-bandi asosida (qarindoshlik asosida) propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari (xotini yoki eri, oʻz oilasiga ega boʻlmagan voyaga yetgan bolalar hamda er-xotinning voyaga yetmagan bolalari bundan mustasno) Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilinmasligi belgilandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 216
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 70
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 107
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar