“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:23
ЎЗO‘Z

Yuliy Yusupov chegara haqida: shafqatsiz attraksion va “goʻshtqiymalagich”

22 sen, 16:30 4 759 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuliy Yusupov chegara haqida: shafqatsiz attraksion va “goʻshtqiymalagich” Chernyayevka yaqinidagi chegara punkti orqali Toshkentga qaytib keldim. Juda sharmandali holat, deb yozadi iqtisodchi Yuliy Yusupov Facebookʻdagi sahifasida.

“Chegaradan oʻtayotgan odamlarning soni koʻpligini hisobga oladigan boʻlsak, bu juda koʻp vaqtni talab qilmadi - bir soatdan kamroq. Men chegara punktlarida bundan ham katta navbatlarni koʻrganman. Hatto Nyu-York aeroportida ham ikki barobar koʻproq turganman. Chernyayevkani esa, 5 soatda ham oʻtishga toʻgʻri kelgan. Pasport nazorati uchun oynachalar koʻp edi va ular nisbatan tez ishlayotgandi (Qozogʻistondagiga qaraganda uch-besh barobar sekinroq, lekin bu biz uchun norma). Bizning mansabdorlarning a) navbat va tiqilinch yaratish, b) odamlarni yerga urish qobiliyatiga har doim hayron qolib kelganman. Ular navbatlar va yerga urish holatlarini hattoki yoʻq joyda ham taʼminlashi mumkin”, - dedi u.

Iqtisodchining taʼkidlashicha, odamlar xuddi qoramol uchun molxonadagi oʻtish joylarini eslatuvchi tor, atrofi oʻralgan yoʻlaklardan oʻtishi kerak boʻlgan. Bu odamga nomunosib xatti-harakatga undagan ham. Dahshatli tiqilinchda asosan ayollarning (bolali ayollar esa navbatdagi 70 foizni tashkil etdi) “Voy dod!”, “Itarishmasang-chi!”, “Bolani bosib tashlaysizlar!” baqiriqlari eshitilardi.

“Eng shafqatsiz «attraksion” chegara nazoratidan soʻng kutib turgandi - bojxonadan avval. Ikkita tor, atrofi oʻrab qoʻyilgan oʻtish joyi, bittasi - qisqa, ikkinchisi - uzun, ulardan birdaniga 3-4 kishi oʻtishi mumkin edi, soʻng ular bittaga birlashib, asta-sekin 1,5 kishi kengligiga qadar qisqarib boradi. Bu goʻshtqiymalagichda qanday qilib bosib tashlashmaganiga hayron qolyapman. Uni oʻylab topgan va foydalanayotgan tentaklarni esa kasbga yaroqsiz ekani uchun haydash kerak.

Men bularning barchasi qurbonlar bilan tugashidan qoʻrqaman. Boz ustiga, meni chegaradan Toshkentga olib borgan haydovchidan kuni kecha qurbon boʻlgani haqida eshitdim, uning aytib bergan narsasidan tepa soching tikka boʻladi. Biroq, uning ishonchliligi uchun kafolat bera olmayman, shuning uchun gaplarini takrorlamayman», - deya taʼkidlab oʻtdi Yuliy Yusupov.

“Xursand qilayotgan” yagona narsa: bu amaldorlar xatti-harakatida toʻla tenglikka erishildi. Barcha yerga urilmoqda - fuqaroligi, millati, jinsi va yoshidan qatʼi nazar, deya xulosa qiladi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 292
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar