“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:18
ЎЗO‘Z

Respublika boʻyicha atigi 28 nafar notarius imtihondan “besh”ga oʻtdi

21 sen, 13:13 4 163 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Respublika boʻyicha atigi 28 nafar notarius imtihondan “besh”ga oʻtdi Aholining eng koʻp ishi tushadigan tizimlardan biri notariat sohasidir. Tizimda xizmat koʻrsatish tizimini yaxshilash uchun notariuslarga xalq tomonidan berilayotgan baho alohida eʼtiborda. Qolaversa, ular faoliyatini baholashning maxsus tizimi ham ishga tushirilgan.
Aholidan notariuslar faoliyati bilan bogʻliq tushayotgan shikoyatlarni oʻrganish asnosida oʻtkazilgan oʻrganishlarda koʻp hollarda keltirilayotgan vajlar oʻz tasdigʻini topmoqda. Keyingi paytda bu amaliyot tufayli 27 nafar notariusga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.

Adliya vazirligi tomonidan davlat notarial idoralari notariuslarining ish faoliyati sifatini baholash tizimi ham yoʻlga qoʻyildi. Bu jarayonda esa sifatli xizmat koʻrsatayotgan hamda ishlari talab darajasida tashkil etilmayotgan xodimlar aniqlandi.

– Notariuslar faoliyati sifatini baholashda qonuniylik, begʻarazlik, xolislik, adolatlilik va shaffoflik prinsiplariga asoslanildi, – deydi Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi Sevara Oʻrinboyeva. – Sifatni baholashda notarius tomonidan rasmiylashtirilgan notarial harakatlar soni va sifati, aholiga xizmat koʻrsatishda qulaylik va tezkorlik taʼminlanganligi, faoliyatidagi yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻlami, kasbiy vazifalarini bajarish darajasi hamda sohani rivojlantirishdagi faolligi hisobga olindi.

Respublika boʻyicha 651 nafar notariusdan 28 nafarining ish faoliyati “aʼlo”, 268 nafariniki “yaxshi”, 278 nafariniki “qoniqarli” va 77 nafariniki esa "qoniqarsiz” deb baholandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 347
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar