“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:58
ЎЗO‘Z

Arnasoy tuman prokurorining oʻrinbosari mashinasida piyodani urib yubordi

19 sen, 20:10 5 130 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Arnasoy tuman prokurorining oʻrinbosari mashinasida piyodani urib yubordi 2018 yil 16 sentyabr kuni soat 17:30larda Jizzax viloyati Arnasoy tuman prokurorining oʻrinbosari Dilshod Karimov otasi Badriddin Karimovga tegishli “Neksiya-1” avtomashinasini ishonchnoma orqali 4R38 “Jizzax-Uchtepa-Navbahor” avtomobil yoʻlining Paxtakor-Jizzax yoʻnalishining 16-km.da boshqarib borgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, u yoʻnalishi boʻylab oʻzining ortidan harakatlanib kelgan “Daimler Benz 210 SPG” rusumli avtomashina haydovchisi J. yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib, uni quvib oʻtib, keskin tormoz bergan holatda, uni toʻxtatishga harakat qilib, D.Karimovni yoʻlda harakatlanishiga toʻsqinlik qilganligi sababli, D.Karimov boshqaruvini yoʻqotishi natijasida yoʻlning chap tomonida joylashgan uylarning yoʻlagiga chiqib ketgan va yoʻlakda harakatlanib kelayotgan piyoda G.Egamberdiyevani urib yuborgan.

Fuqaro G.Egamberdiyeva olgan tan jarohatlari natijasida RSHTYOIMning Jizzax filialida vafot etgan. Sudga oid tibbiy ekspertizasining birlamchi xulosasiga koʻra, marhuma G.Egamberdiyevaga yetkazilgan jarohat ogʻirlik darajasi boʻyicha “hayot uchun xavfli boʻlgan” tan jarohati, deb baholangan.

D.Karimov “bosh miya chayqalishi, peshona sohasi tirnalgan tan jarohati va oʻng yelka chiqishi” tan jarohatlari bilan RSHTYOIMning Jizzax filiali neyroxirurgiya boʻlimiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan 16.09.2018 yilda JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining 18-boʻlimi tomonidan olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 39
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar