“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:14
ЎЗO‘Z

Markaziy bank: “Uzcard” muammosi hisobga olinadi — qonunchilikka oʻzgarishlar kiritiladi

17 sen, 19:25 4 575 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank: “Uzcard” muammosi hisobga olinadi — qonunchilikka oʻzgarishlar kiritiladi Markaziy bank matbuot xizmati maʼlum qilishicha, “Uzcard” faoliyatida muammolar kuzatila boshlanganidan beri Markaziy bank vakillari dasturiy taʼminot mutaxassislari bilan hamkorlikda toʻlov tizimi ishini tiklashda koʻmaklashishmoqda.

Tizimni tiklashning birinchi bosqichi tugadi — toʻlov kartalaridagi qoldiqlarning maʼlumotlar bazasi tiklandi. Ikkinchi bosqich, yaʼni toʻlov terminallari ishini tiklash kun davomida amalga oshiriladi.

Zarurat boʻlganda fuqarolar naqd pul uchun xizmat koʻrsatuvchi banklariga murojaat qilishlari lozim. Shuni eʼtiborda tuting: hozircha aynan karta ochilgan bank filialiga borish kerak (terminallar ishlay boshlagach esa har qanday bankning istalgan filialiga murojaat qilsa boʻladi). Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda mamlakatimiz hududlaridagi filiallarni naqd pul bilan taʼminlash boʻyicha ish olib borgan.

Oʻz navbatida, Markaziy bank yuz bergan ushbu holat eʼtiborsiz qolmasligini maʼlum qildi. Qonunchilikka MB barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida toʻlov tizimlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha huquq hamda majburiyatlar bilan taʼminlovchi oʻzgarishlar kiritiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar