“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:16
ЎЗO‘Z

Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi tashkil etildi

12 sen, 09:02 4 922 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi tashkil etildi Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, boʻsh turgan obyektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalanish maqsadida Oʻzbekiston prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha hududiy guruhlar tashkil etildi.

Oʻn kunda kamida bir marta joylardagi davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan muammoli masalalarni koʻrib chiqish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mavjud byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qabul qilingan qarorlar, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlariga manzilli topshiriqlar nazarda tutilgan qarorlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish hamda hududiy guruhlar tomonidan chuqur tahlil asosida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish komissiyaning muhim vazifalari sirasiga kiradi.

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va boshqa infratuzilmani oʻrganish, shuningdek, ularni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklari mablagʻlarini jalb etgan holda yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;

- hududlarning ehtiyoji va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va boshqalar) kelib chiqib, investitsiya kiritishni talab etadigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini oʻrganish va aniqlash;

- tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va tegishli hududda amalga oshirish taklif qilinayotgan istiqbolli loyihalarni tezkor koʻrib chiqish choralarini koʻrish, salohiyatli investorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazish;

- tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklarining kredit liniyalari hisobidan amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini taʼminlash;

- boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini auksion savdolariga qoʻyish bilan bogʻliq masalalarning tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlash;

- joylarda davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq muammoli masalalarni, shuningdek, zarur hollarda, istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni Komissiyaga kiritish;

- vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalarining tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish hududiy guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 323
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 100
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar