“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:37
ЎЗO‘Z

Yunusobod tumani hokimi katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olindi (foto)

11 sen, 11:07 8 468 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yunusobod tumani hokimi katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olindi (foto) Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov qoʻlga olindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Manbaning maʼlum qilishicha, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etish maqsadida 400 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, maxsus tadbir Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan. Yunusobod tumani hokimi ushbu pullar evaziga investorga yer maydoni taqdim etishni vaʼda qilgan.

Pora bilan ushlangan voqea ishtirokchilari bir necha kishi ekani aytilmoqda.

Baxtiyor Abdusamatov 1976 yilda tugʻilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (1996) hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (2003) tamomlagan.

Turli yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari hamda Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi sifatida ishlagan.

U 2017 yilning 11 aprel kunida prezident rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor chogʻida hayfsan olgan, bir hafta oʻtib, tuman hokimligiga tushirilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 70
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 342
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar