“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:18
ЎЗO‘Z

Oʻzbekistonda 15 ta tuman adliya boʻlimi boshliqlari ishdan olindi

10 sen, 11:28 5 280 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oʻzbekistonda 15 ta tuman adliya boʻlimi boshliqlari ishdan olindi Adliya vazirligida 8 sentyabr kuni tumanlar va shaharlar adliya boʻlimlari faoliyatiga bagʻishlangan videoselektor majlisi oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda Daryo nashri.

Majlisda Adliya vazirligining tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarining shu kungacha boʻlgan faoliyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha kun tartibidan oʻrin olgan masalalar muhokama etildi.

Xususan, faoliyatida qoʻpol xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyib kelinganligi jiddiy tanqid ostiga olindi. Ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondoshgan adliya boʻlimlarining 28 nafar xodimi, jumladan 15 nafar boʻlim boshliqlari lavozimidan ozod etildi, - deyilgan xabarda.

Faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun hududiy adliya boshqarmalarining 25 nafar xodimiga hayfsan eʼlon qilindi, 29 nafari ogohlantirildi.

Shu bilan birga, yigʻilishda Surxondaryo viloyatining Denov, Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Andijon viloyatining Marhamat, Toshkent shahrining Bektemir tuman adliya boʻlimlari qisqa vaqt ichida ijobiy natijalarga erishgani qayd etildi.

Yigʻilishda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov har bir adliya xodimi “fuqarolar adliya idoralari faoliyatidan rozi boʻlishi kerak” degan tamoyilga qatʼiy amal qilishi, hududiy adliya organlari rahbarlari “tuman-shahar adliya boʻlimlari bizning yuzimiz” tamoyiliga rioya etishi, “Har bir davlat xizmatchisi har kuni oʻzining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart” degan qoidani roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratishi zarurligini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti qaroriga asosan joylarda 200 ta tuman (shahar) adliya boʻlimi tashkil etilgan va ularga 560 nafar xodim ishga qabul qilingan edi. Ushbu adliya boʻlimlari vazifasi fuqarolarga huquqlarini tushuntirish va ularning buzilgan huquqlarini tiklashda koʻmaklash – deb belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar