“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:58
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida nutq soʻzladi (foto)

03 sen, 17:22 4 949 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida nutq soʻzladi (foto) Foto: Prezident matbuot xizmati
Qirgʻizistonning Choʻlpon ota shahrida 3 sentyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammiti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda ushbu tuzilmaga aʼzo mamlakatlar – Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Respublikasi Bosh vaziri Viktor Orban anjumanda faxriy mehmon sifatida qatnashdi.

Davlatimiz rahbari sammitda soʻzlagan nutqida xalqlarimizni oʻxshash til, mushtarak maʼnaviy qadriyatlar va hamkorlik rishtalari bir-biriga bogʻlab kelayotgani, bugungi kunda Kengashning siyosiy kun tartibida hech bir muammo yoki kelishmovchilik mavjud emasligini qayd etdi.

“Mamlakatlarimiz dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarda oʻzaro mos yoki yaqin qarash va yondashuvlarga amal qilib kelmoqda. Ayni vaqtda xalqlarimizning hayotiy manfaatlariga toʻla javob beradigan iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport va kommunikatsiya, turizm, ilm-fan va taʼlim kabi sohalarda oʻzaro hamkorlik faol rivojlanmoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimizning siyosiy irodasi, ochiq va amaliy tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyoda vaziyat oʻzgardi, mintaqa davlatlari oʻrtasida doʻstona aloqalar mustahkamlandi.

Davlatimiz rahbarining Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Ozarbayjon Prezidentlari bilan uchrashuv va muloqotlari samarasida turli sohalardagi hamkorlik yanada rivojlandi. Mamlakatimizning Turkiy kengashga aʼzo davlatlar bilan oʻzaro savdo hajmi oxirgi bir yilda 40 foizdan ziyod oshgan.

Oʻzbekiston Prezidenti bu koʻrsatkichlardan ancha yuqori marralarga erishish mumkinligini taʼkidlab, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga doir muhim yoʻnalishlarga toʻxtalib oʻtdi.

Avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yetakchi sanoat korxonalari, bank-moliya institutlari va tadbirkorlik tuzilmalari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.

Transport yoʻnalishlarining integratsiyalashgan tarmogʻini yaratish, dunyo va mintaqadagi asosiy bozorlarga chiqish masalasiga eʼtibor qaratildi. Mamlakatlarni innovatsion asosda rivojlantirish, bu sohaga masʼul boʻlgan idoralar, ilmiy-tadqiqot markazlari va venchur kompaniyalar oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Turizmni rivojlantirish boʻyicha ulkan imkoniyatlar borligi, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishi qayd etildi. Shuningdek, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, yosh avlodni ilm-maʼrifat asosida tarbiyalash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga aʼzo mamlakatlar, avvalo, qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikni izchil rivojlantirayotgani, ushbu xalqaro tuzilmaning kelajagiga katta umid va ishonch bilan qarashini taʼkidladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 125
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 147
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 268
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 0
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 0
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 74
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 87
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • Bo‘limlar