“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:16
ЎЗO‘Z

Fohishalikka yuborilayotgan ayollar Samarqand xalqaro aeroportida to’xtatib qolindi

24 avg, 23:08 5 493 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fohishalikka yuborilayotgan ayollar Samarqand xalqaro aeroportida to’xtatib qolindi O’zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko’ra, shu yilning 15 avgust kuni Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbirda jinoiy guruh tomonidan Samarqand viloyatidagi xalqaro aeroport orqali Turkiyaga yuborilib, odam savdosidan jabrlanishi mumkin bo’lgan ayollar to’xtatib qolindi.

Jinoiy guruh a’zosi bo’lgan samarqandlik R.B. odam savdosi jinoyatidan mo’may daromad orttirish niyatida Navoiy viloyatidan bo’lgan uch nafar chet davlatida ishlash istagida bo’lgan, moddiy muhtoj, ishsiz va turmushidan ajrashgan ayollarni topib, ularni uy ishlari yoki savdo do’konlarida sotuvchi bo’lib ishlash haqidagi aldovlar bilan Turkiya davlatiga jo’natib, ularni fohishalikda ekspluatatsiya qilishni maqsad qilgan. Unga bu ishni jinoiy sherigi hozirda Turkiya davlatida yashayotgan onasi R.M. buyurganini va yuborilayotgan uch nafar ayolni Istanbul shahrida R.M. kutib olishini ma’lum qilgan. R.N. ayollarni jo’natish arafasida, ularga Turkiyaga borgandan so’ng badal puli sifatida 6000 AQSh dollari ishlab berishini shart qilib qo’yadi va ayollarga fohishalikda ishlashga ketayotganliklarini bildiradi.

Bundan xabar topgan ayollar Turkiyaga ketish fikridan qaytishlariga qaramasdan, R.N. ularni “Sizlarning har biringiz uchun alohida chipta rasmiylashtirilgan, agar fikringizdan qaytsangiz sarflangan harajatlarni qoplashingizga to’g’ri keladi” deb, fikrlarini o’zgartiradi. O’tkazilgan tezkor tadbirda uch nafar ayolni Turkiyaga jo’natmoqchi bo’lgan R.N. qo’lga olindi.

Hozirgi kunda Navoiy viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 63
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 20
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 202
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar