“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:49
ЎЗO‘Z

Milliy universitet dekani va o'rinbosari pora bilan qo'lga tushdi

24 avg, 22:40 6 317 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Milliy universitet dekani va o'rinbosari pora bilan qo'lga tushdi Shu yilning 15 avgust kuni fuqaro R.X. O'zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti xodimlari Yu.J. va A.Q.lar shu universitet magisturaturasi “Ijtimoiy fanlar” fakultetining psixologiya yo'nalishiga o'qishga qabul qilish evaziga 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilayotganliklarini ma`lum qilgan.

O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko'ra, mazkur arizaga asosan shu kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan muovini bo'lib ishlovchi Yu.J. universitetning Fizika fakulteti binosida fuqaro R.X.dan 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida qo'lga olingan. Yu.J. o'zining jinoiy sherigi A.Q. (fakultet dekani - tahr.) bilan o'zaro jinoiy til biriktirib, ushbu pullarni olganligi ma`lum bo'ldi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi (pora olish: bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, Yu.J. va A.Q. qamoqqa olingan.

Shuningdek, jinoiy guruhning boshqa a`zolariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar