“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:37
ЎЗO‘Z

Gulnora Karimova sudda yutqazdi

16 avg, 22:15 8 175 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gulnora Karimova sudda yutqazdi Avvalroq, Gulnora Karimovaning advokati u bilan uchrashish uchun Toshkentga kelgani haqida xabar berilgan edi. Advokat Greguar Manja mijozi bilan uchrashib, Shveysariya prokuraturasi Karimovaga tegishli 800 million dollar pulni O‘zbekistonga qaytarish harakatini boshlagani yuzasidan shikoyat arizasi topshirishni muhokama qilmoqchi edi, deb yozmoqda “Hordiq” nashri.

Joriy yilning 31 iyul kuni Shveysariyaning Jinoiy ishlar bo‘yicha federal sudi Gulnora Karimovaning appelyatsiyasini bekor qilgan. Mazkur qaror Karimovaga tegishli deb taxmin qilingan 800 million dollar pulni O‘zbekistonga qaytarish jarayonida muhim qadam bo‘lgan.

Jenevalik advokat Greguar Manja tomonidan Jinoiy ishlar bo‘yicha federal sudga berilgan shikoyat apellyatsiyasida federal prokuraturaning Shveysariya banklarida muzlatib qo‘yilgan 800 million dollarni musodara qilish haqidagi qaroriga norozilik bildirilgan.

Joriy yil 22 may kuni Shveysariya prokuraturasi ikkita order chiqargandi. Unda 2012 yil Jeneva va Syurixdagi banklarda muzlatib qo‘yilgan 800 million dollarning 686,7 million dollarini O‘zbekistonga qaytarish nazarda tutilgandi.

Bunday qaror chiqarilishiga Gulnora Karimova ishongan ikki shaxs: Gayanya Avakyan va Rustam Madumarovlarning iqror bo‘lib, bergan ko‘rsatmalari asos bo‘lgan. Ular bu pullar O‘zbekistondan o‘g‘irlanganini tan olganlar va qaytarilishi kerakligini aytganlar.

Shu bilan birga, Avakyan va Madumarov ularga nisbatan ochilgan jinoiy ishni Gulnora Karimova ishi yakunlanmasidan nihoyasiga yetkazishlarini so‘ragan.

Eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumotni e’lon qilgan edi. Unda qayd etilishicha, hozirda 12 ta xorijiy davlat hududida 1 mlrd 394,1 mln AQSH dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi mablag‘ legallashtirilgan.

Gulnora Karimovaning korrupsiya va pulni o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishdagi aybi uyushgan jinoiy guruh a’zolari N.Sodiqov, R.Madumarov, Sh.Sobirov va boshqalarning, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari, uyushgan guruh nazoratidagi 45 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar va 16 ta kompaniyalarning faoliyatini tekshirish materiallari, olingan yozma va ashyoviy dalillar, ekspertiza xulosalari hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar