“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:30
ЎЗO‘Z

«Tolibon» bilan Toshkentda o‘tkazilgan muzokaralar tafsilotlari oshkor qilindi

14 avg, 18:30 5 468 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Tolibon» bilan Toshkentda o‘tkazilgan muzokaralar tafsilotlari oshkor qilindi «Tolibon» harakatining Doxadagi siyosiy idorasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi jarayonida Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish istiqbollari, xorijiy qo‘shinlarning chiqarilishi hamda O‘zbekistonga olib boruvchi temir yo‘llar va elektr energiyasi tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi, deya xabar qildi Gazeta.uz.

Avval xabar qilinganidek, «Tolibon» harakatining Qatardagi idorasi vakillari 7−10 avgust kunlari uning rahbari Shir Muhammad Abbos Stanikzay boshchiligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.

Muhammad Suxayl Shaxin so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» vakillari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatullo Irashev bilan uchrashdi.

«O‘zbekistonning rasmiy vakillari bilan xorijiy qo‘shinlarning chiqarilishi va qanday qilib Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalalari bo‘yicha fikr almashildi», — dedi u.

«Tolibon» vakillari ehtimoliy tinch muzokaralar o‘tkazish tafsilotlarini muhokama qilish uchun AQSh mutasaddi shaxslari bilan ham uchrashdi. Afg‘oniston hukumati Qurbon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan joriy yildagi ikkinchi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda Afg‘onistonning turli hududlarida shafqatsiz janglar davom etib, harbiy xizmatchilar va politsiya vakillari o‘rtasida ko‘p sonli qurbonliklar berilmoqda, oktyabrda o‘tkazilishi mo‘ljallangan parlament saylovlarini xavf ostida qoldirmoqda.

«Tolibon» harakatining yuqori lavozimli vakili aloqalarni yaxshilash va toliblar mahalliy jangari guruhlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida emasligini namoyish etish uchun Toshkentda siyosiy idorasini ochish rejasi haqida ma’lum qildi. Biroq O‘zbekiston TIV «Gazeta.uz'ga idora ochilmagani va uni ochish masalasi muhokama qilinmaganini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 92
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 48
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar