“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 12:26
ЎЗO‘Z

IIBB Toshkentda 14 yoshli qiz olib qochilgani va zo‘rlangani haqidagi xabarni rad etdi

11 avg, 14:57 5 366 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
IIBB Toshkentda 14 yoshli qiz olib qochilgani va zo‘rlangani haqidagi xabarni rad etdi Shu yilning 10 avgust kuni ba’zi axborot saytlarida 9 avgust kuni Yakkasaroy tumanida 14 yoshli qizning olib qochilgani va zo‘rlangani haqidagi xabar tarqatildi, deb ma’lum qilmoqda Toshkent IIBB axborot xizmati.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, bu xabarni saytning go‘yoki ishonchli manbasi tasdiqlagan. «Toshkent shahar IIBB hamda tizimdagi IIOFMB xodimlari tomonidan ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qidirilayotgani aytilmoqda», – deb yozilgan o‘sha xabarda.

Toshkent shahar IIBB ushbu ma’lumot haqiqatga mos emasligini ma’lum qildi. Qolaversa, avgust oyi mobaynida Yakkasaroy tumani IIO FMB va IIBlariga bu turdagi og‘ir jinoyat yuzasidan bironta ham ariza kelib tushmagan.

«Mazkur «yangilik»ni ichki ishlar organlarini obro‘sizlantirish va o‘ziga arzon reyting ishlab olish maqsadida e’lon qilingan asossiz ma’lumot sifatida baholash mumkin.

O‘z navbatida, OAV vakillarini chop etiladigan har bir xabar uchun mas’uliyatni his qilishga, axborotni ishonchli manbalardan olishga chaqirib qolamiz», - deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 22
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 69
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 302
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 12
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 28
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 22
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 213
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 231
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 131
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 230
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 69
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 131
  • Bo‘limlar