“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 04:49
ЎЗO‘Z

Tungi klubdagi pichoqbozlikning yangi tafsilotlari paydo bo‘ldi (video)

11 avg, 13:00 15 735 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tungi klubdagi pichoqbozlikning yangi tafsilotlari paydo bo‘ldi (video) 9 avgustga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan «Aurum 898» tungi klubida ro‘y bergan, erkin kurash bo‘yicha professional sportchi Jamshid Kenjayev va klub qo‘riqchilari o‘rtasida kelib chiqqan pichoqbozlik videosi tarqaldi. Sportchining o‘limi bilan yakunlangan hodisa binodagi kuzatuv kameralari orqali yozib olingan.

Videoda ko‘rish mumkinki, binoga kirish eshigi oldida ziddiyat yuzaga kelgach, Jamshid Kenjayev qo‘riqchilardan biriga sovuq qurol bilan tashlangan. U ikki qo‘riqchini jarohatlagan, ammo boshqa qo‘riqchilar undan pichoqni tortib olib, uni o‘lasi qilib kaltaklashgan, sportchiga pichoq bilan 10 dan ortiq zarba berilgan. Kenjayev olingan og‘ir jarohatlar oqibatida shifoxonada jon bergan. Ayni vaqtda ikki qo‘riqchi, Sherali Ilyasov va Abdurasul Mirzayev ham shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent shahri IIBB axborotiga ko‘ra, janjalda ishtirok etgan qo‘riqchilarning 3 nafari - 29 yoshli Shodali Qilichev, 24 yoshli Saidazim va 26 yoshli Jahongir qo‘lga olingan.

Prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilgan, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ish yuzasidan tergov harakatlari shahar prokuraturasining O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Ayni vaqtda Yunusoboddagi tungi klub vaqtinchalikka yopib qo‘yilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 169
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 78
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar