“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:31
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi

09 avg, 13:03 6 437 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi Oilaviy mehmon uyini tashkil etish uchun tegishli turar joyga ega bo‘lgan shaxs Oilaviy mehmon uylarini ro‘yxatga olish va uning yagona reyestriga kirish uchun ariza berishi kerak.

Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Qarorga muvofiq, oilaviy mehmon uyi – mazkur mehmon uyida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy uy-joydir. Bunda mazkur joy har bir yashovchi shaxsga 3 m2 hisobidan to‘g‘ri keladigan turar-joy maydoniga ega bo‘lishi lozim.

Oilaviy mehmon uyini tashkil etish uchun tegishli turar-joyga ega bo‘lgan shaxs Oilaviy mehmon uylarini ro‘yxatga olish va uning yagona reyestriga kirish uchun ariza berishi kerak. Mazkur reyestr Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan yuritiladi.

Qo‘mita hujjatlarni olgan kunidan boshlab ularni uch ish kuni davomida ko‘rib chiqadi hamda natijalar yuzasidan dalolatnomani rasmiylashtiradi.

Ushbu dalolatnoma asosida uylar yagona reyestrga kiritiladi, reyestrga kiritilgandan so‘ng tegishli xizmatlarni ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish va ko‘chirma berish uchun to‘lov undirilmaydi.

Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritilgan tadbirkorlar buyurtmalariga binoan eng kam ish haqining 300 barobarigacha miqdorda, besh yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratilishi mumkin.

Reyestr elektron shaklda yuritiladi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Reyestr Internet axborot tarmog‘ida onlayn rejimida yangilab turiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 22
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar