“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:54
ЎЗO‘Z

Mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hukumat tomonidan rag‘batlantirilmoqda

07 avg, 09:58 5 957 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hukumat tomonidan rag‘batlantirilmoqda O‘zbekiston hukumati tadbirkorlarning mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yishini rag‘batlantirmoqda, Bosh vazir Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining shu haqidagi qarorini imzoladi. Bosh vazirning o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Facebook sahifasida shu haqida ma’lum qildi.

Oilaviy mehmon uyi – bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha bo‘lgan mehmon (sayyoh)ni vaqtinchalik yashash va oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmatlarini taqdim etuvchi xususiy uy xo‘jaligi, bunda uy egalari ushbu uyda sayyohlar bilan birga yashashi ko‘zda tutiladi. Bir kishi uchun 3 m kv hisobidagi turar-joy – oilaviy mehmon uyini tashkillashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Qarorda bu joylashuv vositalariga qo‘yiladigan talablar belgilab berilgan.

Oilaviy mehmon uylari xizmatlari individual tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Mehmon uylarini ro‘yxatga olish va Yagona reyestrning yuritilishi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Oilaviy mehmon uylarining xizmatlarini sertifikatsiyalash uchun soddalashtirilgan tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu mehmon uyini o‘rganish hujjati asosida ularni Oilaviy mehmon uylari Yagona reyestriga kiritish va tegishli ma’lumotnomani berish yo‘li orqali amalga oshiriladi.

Tijorat banklariga Oilaviy mehmon uylari Yagona reyestriga kiruvchi individual tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari arizasiga ko‘ra ularga imtiyozli sharoitlarda kreditlar ajratish tavsiya qilinadi. Kredit eng kam oylik ish haqining 300 baravari miqdorida, besh yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davrga beriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 0
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 0
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 1
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 21
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar