“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:38
ЎЗO‘Z

Senat vakili dabdabali to‘ylarni taqiqlash nega kerakli natijani bermasligini aytdi

06 avg, 16:27 4 484 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senat vakili dabdabali to‘ylarni taqiqlash nega kerakli natijani bermasligini aytdi To‘y-hashamlar o‘tkazilishini tartibga solish maqsadida , Respublika ishchi guruhi tashkil etilgan. Bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilgan ham Ammo senatorning so‘zlariga ko‘ra, “dabdabani qonunan taqiqlash bilan” ish bitmaydi.

Dabdabali to‘ylar masalasi kun tartibidan olingani yo‘q, Senat a’zolari joylarda to‘y-marosimlar milliy va diniy qadriyatlarimizga mos holda, isrofgarchiliksiz o‘tkazilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borishmoqda, dedi Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev.

Nizamxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, Respublika ishchi guruhini tashkil qilingan. Ishchi guruhi to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solishga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi va bu borada qator ishlarni amalga oshirgan.

Xususan, Respublika ishchi guruhi tomonidan davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida 10 mingdan ziyod uchrashuv, davra suhbati va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan. Muhokamalarda 120 mingdan ortiq mutaxassis va ekspertlar, jamoatchilik hamda OAV vakillari qatnashganlar.

Respublika ishchi guruhlari, xususan, Adliya organlari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi tomonidan 250 mingdan ortiq fuqarolar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan.

Nizamxodjayev ishchi guruhi faoliyati natijalari xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

«To‘y-hasham o‘tkazish barobarida oilalar qarzga botayotgani ayon bo‘ldi, odamlar “Eshmatdan qolmay, Toshmatdan qolmay”, deya imkoniyatidan ortiqcha harajatlarga yo‘l-qo‘yishmoqda. Ayollarimizning, ular bizdan xafa bo‘lishmasin, orzu-xavaslari juda kengayib ketgani, bu orzu-xavaslarni ijro etaman, deb oila boshliqlari qarzlarga botib qolayotgani ma’lum bo‘ldi», – deydi Senat vakili.

To‘y harajatlari shunchalik katta bo‘lib ketgan-ki, isrofgarchilik – oilaning olgan qarzni o‘z vaqtida to‘lay olmasligiga olib kelayapti.

Shu tariqa aka-uka, opa-singil, qo‘ni-qo‘shni, oshna-og‘ayni o‘rtasida judayam noxush holatlar kelib chiqmoqda.

«Achchiq-arazda qarindoshlar bir-biridan «sovib», hatto yuz o‘girib ketishlari holatlari yuzaga kelgan. Kerakmi shu? Shu bois, mana shunday holatlarni o‘rganish davomida mazkur masala yuzasidan tezkor qaror chiqarmaslik, avvalombor, to‘y-marosimlarni tartibga solish bo‘yicha xalqimizning o‘zi ongli ravishda yondashishi, har bir fuqaroning o‘zi shaxsiy namuna va ibrat ko‘rsatishi lozim degan xulosaga keldik», – deb qayd etdi senat vakili.

Ammo Nizamxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, qaror qabul qilinmasligi mazkur masala kun tartibidan olindi degani emas.

Hozirda Senat a’zolari tomonidan joylarda to‘y marosimlarini milliy va diniy qadriyatlarimizga mos holda, tejamkorlik bilan, isrofgarchiliksiz o‘tkazilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.

«Qani o‘rganib ko‘raylikchi, keyin do‘ppini yechib qo‘yib, fikr qilsak, bir to‘xtamga kelsak bo‘ladi. Axir biz tejamkorlik bilan to‘ylarni o‘tkazsak, tejamkorlikni targ‘ibot qilsak, ertaga kim bundan naf oladi? Albatta xalqimiz. Ibratli to‘ylarimizni o‘tkazsak, fuqarolarimizning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchi ortadi, tejamkorlik ertangi kunda fuqarolarimizning bola-chaqasiga qoldiradigan zaxirasi manbalariga putur yetmaslikka olib keladi», – deya o‘z fikrini yakunladi senator.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar