“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 05:43
ЎЗO‘Z

Yagona maktab formasi tasdiqlanmay, ota-onalar qaysi formani sotib olmoqda?

05 avg, 19:30 7 611 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yagona maktab formasi tasdiqlanmay, ota-onalar qaysi formani sotib olmoqda? ​​O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov yagona maktab formasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori tayyorlanayotgani haqida Kun.uz'ga ma’lum qilgandi.
Shunga qaramay, hududlarda o‘quvchilarning ota-onalariga maktab formasini sotib olish bo‘yicha «tavsiyalar» berilmoqda. Shunday holatlardan biri Namangan viloyatida kuzatilgan.

Kun.uz'ga ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani XTB boshlig‘i Shavkat Mamarasulov «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi viloyat bo‘limi bilan kelishgan holda yagona maktab formasini sotib olish bo‘yicha maktab direktorlariga «tavsiya» bermoqda.

«Yagona maktab formasini joriy etishda dastlabki sinov davrida qatnashgan, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan tasdiqlangan dizayn bo‘yicha tikilgan kiyimlar tanlab olinmoqda. Bunda «Chust yengil sanoat» tekstil korxonasi hamda «Istiqlol dizayn» korxonasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlar tanlab olinmoqda. Albatta, bu formalar ota-onalarga ma’qul bo‘lsa, sotib olish tavsiya etilmoqda», deydi XTB boshlig‘i Mamarasulov Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashib.

Shavkat Mamarasulovning aytishicha, yagona maktab formasi uchun belgilangan narx Yangiqo‘rg‘on tumanida bir o‘quvchi uchun 90-110 ming so‘m atrofida bo‘lishi nazarda tutilgan. O‘qituvchilarning formasi masalasida tuman boshlig‘i masalaga aniq javob berolmadi.

Shunga qaramay, Kun.uz'ga yetkazilgan ma’lumotga ko‘ra, bir nafar o‘qituvchi uchun formaning narxi taxminan 250 ming so‘mga aylanmoqda.

Agar vazir bu masala bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilishi kutilayotganini aytgan bo‘lsa, nega Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida bunday holat yuzaga kelmoqda?

«Bizga viloyat boshqarma boshlig‘i Vahobjon Rajabov imzosi bilan shunday xat tushgan. Unda formani joriy etishda tavsiyalar berilgan», deydi Mamarasulov.

Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev esa ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida shahardagi 35 sonli maktabning 2018/2019 o‘quv yili uchun maktab formasini namoyish etdi. Biroq, vazir yagona maktab formasi respublika bo‘ylab haqiqatan yagona bo‘lishini aytgan bir paytda, ayniqsa Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilinmay, shahar hokimi tarqatgan ma’lumot ham ko‘plab savollar paydo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sherzod Shermatov «formani tayyorlash va yetkazib berish ishlariga maktab direktori ham, o‘qituvchi ham aralashmaydi» degandi.

«Men korrupsiogen holat yuzaga kelishini istamayman, direktor bitta korxona bilan til biriktirib, yagona narx o‘rnatib olishi mumkin emas», deydi Xalq ta’limi vaziri.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 79
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 46
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 74
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar