“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:07
ЎЗO‘Z

Toshkentda IIB xodimlari va bir guruh yoshlar o‘rtasida mojaro yuzaga keldi (video)

04 avg, 09:28 6 912 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda IIB xodimlari va bir guruh yoshlar o‘rtasida mojaro yuzaga keldi (video) Kuni kecha Facebookdagi guruhlardan birida Toshkentda ichki ishlar xodimlari va bir guruh yoshlar o‘rtasida yuzaga kelgan holat haqida video paydo bo‘ldi.

Video qachon va kim tomonidan tasvirga olinganligi noma’lum.

Ushbu videoda huquq tartibot idoralari xodimlari ikki nafar yigitni ichki ishlar bo‘limiga olib ketishga harakat qilayotgani tasvirga olingan.

Videodagi yigit ularga o‘z hujjatlarini ko‘rsatgan, biroq militsiya xodimlari baribir uni ichki ishlar bo‘limiga olib ketishga urinishgan.

Kadrlarda ichki ishlar xodimlari ushbu yigitga ortiqcha kuch ishlatmasdan hushmuomalik bilan harakat qilishganini ko‘rish mumkin. Biroq rolik qahramoni ichki ishlar xodimlarining xizmat mashinasiga o‘tirish haqidagi talabiga rioya qilmasdan, ularga e’tiroz bildiradi.

Ehtimol, bu yigitlar ko‘chada mast holda tartibbuzarlik qilgan bo‘lsalar, ichki ishlar xodimlarining e’tiborini jalb qilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu yigit tomonidan ko‘rsatilgan hujjatlar haqiqiyligi huquq tartibot organlari xodimlarida shubha uyg‘otgan bo‘lishi ham mumkin.

Shu sababli militsiya xodimlari bu holatga aniqlik kiritish uchun ichki ishlar bo‘limida tekshirishni lozim deb topishgandir.

"Hozirgi vaqtda bu video bo‘yicha barcha materiallar ichki ishlar xodimlari tomonidan qayta o‘rganilmoqda. Bu video eski bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘sha joyda mushtlashuv bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas. Ushbu holat bo‘yicha batafsil axborot beriladi", - deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB.




Mavzuga oid yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar