Shu kunlarda Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan IV Xalqaro armiya o‘yinlari(ArMI) o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Mazkur nufuzli musobaqaning Novosibirsk viloyatida tashkil etilgan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovida O‘zbekiston jamoasi to‘siqlarni misli ko‘rilmagan tezlikda - 37 daqiqa 30 soniya ichida bosib o‘tib, xitoyliklarni besh daqiqaga ortda qoldirdi.
ArMI bosh hakami general-mayor Vladimir Marusinning qayd etishicha, bu ishtirokchi mamlakatlar orasida ayni paytdagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda o‘zbekistonlik harbiylar ArMI doirasida o‘tkazilgan mazkur tanlovda uchinchi o‘rinni egallashgandi.