“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:52
ЎЗO‘Z

Er yoki xotinning Toshkent va Toshkent viloyati propiskasiga o‘tishi osonlashadi

02 avg, 09:02 4 963 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Er yoki xotinning Toshkent va Toshkent viloyati propiskasiga o‘tishi osonlashadi Adliya vazirligi Toshkent va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari toifalari ro‘yxatining 5-bandi hamda O‘zbekiston fuqarolarining Toshkent va Toshkent viloyatiga doimiy propiska va yashash joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish tartiblari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartishlar loyihasini tayyorladi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Bugun er yoki xotin 5-band bo‘yicha Toshkent va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga kirishi uchun ulardan biri doimiy propiska uchun murojaat qilgan vaqtdan boshlab eng kamida bir yil birga yashashi talab qilinadi. Mazkur talabni o‘zgartirish taklif qilinmoqda. O‘zgartish tasdiqlangan taqdirda, er (xotin) turmush o‘rtog‘i doimiy propiskaga qo‘yilgan joyga u bilan birga yashagan vaqtidan qat’i nazar doimiy propiskaga kirishi mumkin.

Bunda qonun loyihasini ishlab chiquvchilar 2016 yilda amalga joriy etilgan qoidani saqlab qoldi. Unga ko‘ra, doimiy propiskaga qo‘yilgandan bir yil ichida nikoh bekor qilinsa, doimiy propiskani olish to‘g‘risidagi qaror ham o‘z kuchini yo‘qotadi. Mazkur chora propiska olish maqsadida soxta nikohdan o‘tish holatlariga chek qo‘yish uchun joriy etilgan.

Bundan tashqari, Toshkent va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qo‘yish uchun talab qilinuvchi hujjatlar ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritish ham rejalashtirilgan. Jumladan, 5-band bo‘yicha propiska olish uchun turar joy hujjatlari nusxasi va mulk egasining (egalarining) turar joy maydonini taqdim etishga rozilik arizasi yoki arizani shaxsan topshira olmaydigan holatda notarial tasdiqlangan arizani taqdim etish talab qilinmasligi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar