“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:13
ЎЗO‘Z

AQShning Vebster universiteti O‘zbekistonda faoliyatini boshladi (foto)

29 iyul, 23:47 4 737 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQShning Vebster universiteti O‘zbekistonda faoliyatini boshladi (foto) 26 iyul kuni O‘zDJTUda AQShning Vebster universitetining TESL – ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish ixtisosligi bo‘yicha bir yillik magistratura dasturini ochish haqidagi kelishuv imzolandi.

Ma’lum qilinishicha, bu Amerika oliy ta’lim muassasasining Markaziy Osiyodagi birinchi magistrlik ta’lim loyihasi bo‘ladi. Kelajakda boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha ham hamkorlikdagi ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

«O‘zbekistonda xorijiy tillar» internet portali tarqatgan xabarga ko‘ra, joriy yilda bu dasturda ishtirok etish uchun nafaqat O‘zbekiston, balki, Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan mutaxassisligidan qat’i nazar bakalavr darajasiga ega, ingliz tilidagi bilim darajasi IELTS – 6 dan kam bo‘lmagan yoki shunga tenglashtirilgan til bilimini baholash bo‘yicha boshqa xalqaro sertifikatlarga ega yoshlar xujjat topshirishlari mumkin.

Foto: fledu.uz
O‘zbekiston hukumatining sa’y-harakatlari bilan yoshlarning xalqaro darajada oliy ta’lim olishlari uchun to‘lov-kontrakt puli miqdori AQShdagi kabi 27 ming AQSh dollari emas, balki mamlakatimizdagi xalqaro OTMlar magistrlik darajasi uchun to‘lanayotgan qiymatga yaqin bo‘lishi mo‘ljallangan.

O‘zDJTUda Vebster universiteti magistraturasida amerikalik mutaxassislar bilan bir qatorda maxsus tanlovdan o‘tgan mahalliy o‘qituvchilar ham dars berishadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu magistratura diplomi bilan bitiruvchilar nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo oliy ta’lim muassasalarida dars berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Vebster universitetining O‘zDJTUdagi magistraturasiga qabul joriy yilning avgust oyidan boshlanadi va buning uchun bakalavr darajasiga ega bitiruvchilar quyidagi xujjatlarni topshirishlari lozim: bakalavrlik diplomi, diplom ilovasining notarial tasdiqlangan tarjimasi, IELTS​ – 6 dan kam bo‘lmagan yoki shunga tenglashtirilgan til bilimini baholash bo‘yicha boshqa xalqaro sertifikat va CV. Tanlov AQShning Vebster universitetida o‘qishga talabgorlarning xujjatlari asosida amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar