“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 00:01
ЎЗO‘Z

Chorvoqdagi hashamatli dala-hovlilar nega buzilmoqda? (video)

26 iyul, 00:35 5 374 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chorvoqdagi hashamatli dala-hovlilar nega buzilmoqda? (video) "O‘zbekiston 24" telekanalida Chorvoqdagi noqonuniy qurilgan dala-hovlilar masalasi bo‘yicha yana lavha namoyish etildi.

Bu lavhada Chorvoqdagi asl vaziyat qanday, dala-hovlilar nega buzilyapti, buzilayotgan uylarning tovoni to‘lab berilayaptimi kabi savollarga javob topish mumkin. Darvoqe, bu ko‘rsatuvda bo‘stonliklarning ham dardi tinglangan.

Esingizda bo‘lsa, avval tayyorlangan lavhada Chirchiq daryosining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq shaharchasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida barpo etilgan noqonuniy qurilmalar, dala-hovlilar namoyish etilgan edi.

Lekin vaziyatni yaqindan o‘rganishning imkoni topilmagani uchun ham davla-hovlilarning ichiga kirishning iloji bo‘lmagan. Bu galgi o‘rganishlarda dala-hovlilar ko‘zdan kechirilib, vaziyatga oydinlik kiritildi.

Bu galgi o‘rganishlar ishchi guruh harakatlari bilan dala hovlilar birma-bir ko‘zdan kechirildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad esa yagona turistik zonaga aylantirilgan hududni obodonlashtirish va tartibga keltirish.

Ayrim "tadbirkor"larning noinsofligi, ona tabiat va Chirchiq daryosiga nisbatan qilayotgan ayanchli munosabati lavhada xolis yoritilgan. Ahlat va chiqindi suvlari barchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chirchiq daryosiga oqib tushadi.

Lavhada mahalliy hokimiyat vakillarining fikrlari ham namoyish qilindi.

"Tumanda qilinayotgan ishlarimiz, ishchi guruhlar tomonidan olib borilayotgan ishlar asosiy zaminida prezidentimiz dekabr oyida chiqqan qarori bilan Bo‘stonliq tumani erkin turistik zona aylantirilgan. Unga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 94 ming gektar ochiq yer maydoni ajratildi. Hozir tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida turistlarni tuman keng jalb qilish maqsadida ishchi guruhlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda hamda amaliy ishlar ham bajarilmoqda. Yo‘llarni kengaytirish masalalari, xususan yo‘llar 50 metr masofada tushgan turar va noturar binolarni yo‘l o‘qidan 50 metr tashqariga qurish va yo‘lni kengaytirish, kelayotgan turistlarimiz bemalol harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda", - Bo‘stonliq tumani hokimi o‘rinbosari Elmurod Po‘latov.

Po‘latov so‘zlariga ko‘ra, muhofaza mintaqasida joylashgan uy joylar, dala hovlilar bularni ham hammasini buzilishlari olib borilyapti. Buzilgandan keyin ular o‘rniga yer maydoni uchastkasi ajratib berildi. Ba’zi bir xonadonlarga 3 sotixli namunaviy uylar ham taklif qilingan. Bu uylar 3 oy ichida qurib beriladi.
“Ўзбекистон 24” яна Чорвоқдаги “дача”лар масаласини кўтарди

“Ўзбекистон 24” телеканалида яна Чорвоқдаги ноқонуний қурилган дала-ҳовлилар масаласи бўйича лавҳа намойиш этилди. Унда интернетда “Чорвоқдаги дала-ҳовлилар бузилаётган эмиш” деган гап-сўзлар тарқалгани, бу шов-шув бугуннинг мавзусига айлангани ҳақида сўз боради. Лавҳада Чорвоқдаги асл вазият қандай, дала-ҳовлилар нега бузилмоқда, бузилаётган уйларнинг товони тўлаб берилаяптими, деган саволларга жавоб ахтарилган, бўстонликларнинг дарди тингланган. Ўтган галги лавҳада Чирчиқ дарёсининг Бўстонлиқ туманидаги Чорвоқ шаҳарчаси ҳудудидан оқиб ўтувчи қисмида барпо этилган ноқонуний қурилмалар, дала-ҳовлилар намойиш этилган эди. Афсуски, вазиятни яқиндан ўрганишнинг имкони топилмагани учун ҳам давла-ҳовлиларнинг ичига киришнинг иложи бўлмаган эди. Бу галги ўрганишларда тузилган ишчи гуруҳнинг саъй-ҳаракати билан дала-ҳовлилар бирма-бир кўздан кечирилиб, вазиятга ойдинлик киритилди. Юзага келган ҳолат объектив намойиш этилган. Ушбу лавҳани кўришни тавсия этамиз, зеро, айрим “тадбиркор”ларнинг ноинсофлиги, она табиат ва Чирчиқ дарёсига нисбатан қилаётган аянчли муносабати холис ёритилган. Хулоса эса ўзингиздан!

Опубликовано O'zbekiston matbuot va axborot agentligi Вторник, 24 июля 2018 г.

Ungacha ular uchun yashash uchun boshqa joylardan joy, boshqa kvartiralarida yashashlari uchun kompensatsiya to‘lovlari 6 million so‘mdan to‘lab berildi. Boshqa muammosi bo‘lgan ob’ektlar, yechimi topilmagan ob’ektlar yoki tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi shu yerga kelib ishlayapti. Hamma tashkilotlar vakillar bor, shtablar tashkil qilingan. Shu shtablarda viloyat rahbarlari va respublika rahbarlari tomonidan fuqarolarning har qanday masalalarini yechish choralari ko‘rilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 200
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 99
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 116
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 370
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 103
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 4
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 2
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 28
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 32
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 16
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 246
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 72
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 83
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 80
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 106
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 269
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 150
  • Bo‘limlar