O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan barcha to‘rt partiya etakchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylandi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
O‘zbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zLiDeP etakchisi Sodiqjon Turdiev, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi etakchisi Sarvar Otamurodov, Xalq demokratiya partiyasi etakchisi Hotamjon Ketmonov va “Adolat” sosial-demokratik partiyasi etakchisi Narimon Umarov ham parlamentga saylangan.