“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 02:40
ЎЗO‘Z

"To‘yda pul sochish". Urfga aylanayotgan illatlar ta’qibidan qochmaymizmi? (foto, video)

24 iyul, 11:26 6 689 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"To‘yda pul sochish". Urfga aylanayotgan illatlar ta’qibidan qochmaymizmi? (foto, video) Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar to‘ylar bo‘yicha bir qarorga kelgandi. Qayd etilishicha, to‘y-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga muayyan me’yoriy hujjat bilan emas, odamlar o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish har jihatdan foydali ekani bildirilgan.

Ushbu qaror e’lon qilinganiga ko‘p bo‘lmasdan, to‘ylarda pul sochib mashhur bo‘layotgan samarqandlik yigit ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Senatorlarning fikricha, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlar asosida, kamxarj, dabdabalardan xoli o‘tkazishni keng jamoatchilik va har bir inson ongli ravishda anglab yetmog‘i lozim.​ Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarga ko‘ra, to‘y va shu kabi oilaviy tadbirlarga sarflanayotgan pullar iqtisodiy drayv yaratib, ancha-muncha oilaning qora qozonini qaynatadi. Lekin, to‘yda pul sochish-chi?

Ochig‘i, kimnidir "aybdor"ga chiqarib, tanbeh berishdan yiroqmiz. Ming qilsa ham erkin fuqarolik jamiyatini qurib, o‘zbekcha demokratiya modelini ilgari suryapmiz. Biz orzu qilgan jamiyatda fuqarolar nimani istasa, shuni bajaradi, faqat qoidani buzmasa bas. Qolaversa, sharqda birovning cho‘ntagidagi pulni hisoblash odobdan emas.

Shunga qaramay, maqsadsiz, dabdabaga berilgan kishilar bilan jamiyat ko‘zlagan uzoqdagi marraga yetib borishi ham qiyin. Isrofgarchilikka qarsak chalgan xalq in’om etilgan ne’matlarning qadriga yetmaydi. Serg‘ayrat, tirishqoq, eng muhimi bilimli va halol yoshlar suv va havodek zarur bo‘lgan jamiyatda illatlarga qarshi kurashish maqsadga muvofiq bo‘lardi.





Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 42
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar