“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:03
ЎЗO‘Z

Sirdaryoda «dabdabali» to‘y. Kelin-kuyov traktor «belkuragi»da FHDYoga bordi (foto)

24 iyul, 07:02 6 912 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sirdaryoda «dabdabali» to‘y. Kelin-kuyov traktor «belkuragi»da FHDYoga bordi (foto) Guliston shahrida yashovchi Valijon aka qaynisining “Bir to‘y qilingki, hali hech kimniki bunday dabdabali o‘tmagan bo‘lsin, dovrug‘i Sirdaryoning narigi qirg‘og‘iga ham yetsin” degan maslahatiga ko‘nib, quda tomonga “Qizimni eng so‘nggi rusumdagi traktorda olib ketasizlar” deb shart qo‘ydi.

Shunday ham bo‘ldi. Qaynisi tomonidan o‘ylangan to‘y ssenariysiga ko‘ra, kelin–kuyov FHDYoga boshqalar kabi avtomobillarda emas, qurilish-obodonlashtirish ishlarida qo‘llaniladigan qimmatbaho texnikaning “belkuragi”da yo‘l olishdi...

Ammo, aslida bu voqea hayotda bo‘lgani yo‘q. Gap shundaki, Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatib borilayotgan “Sirdaryocha kulgi” ko‘rsatuvining navbatdagi “Yangicha to‘y” syujetida dabdabali to‘y qilib nom chiqaraman deb boshdan oyog‘igacha qarzga botganlar ana shunday satira ostiga olindi.
"Xalq so‘zi" nashri xabariga ko‘ra, ko‘rsatuv rejissyori Jahongir Eshpo‘latovning ushbu ijodiy topilmasi jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Eng muhimi, mazkur teletomosha yurtimizda to‘ylarni ixchamlashtirish, dabdababozlik va isrofgarchilikka chek qo‘yish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli targ‘ibot–tashviqot ishlariga qo‘shilgan o‘ziga xos hissa bo‘ldi.

Manba: "Xalq so‘zi"




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 263
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar