“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:25
ЎЗO‘Z

Zulfiqor Musoqov: «Mersedec»da bir odamni boshini yegan ablahga ming la’nat»

23 iyul, 15:47 8 734 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zulfiqor Musoqov: «Mersedec»da bir odamni boshini yegan ablahga ming la’nat» Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova 20 iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgani ma’lum qilingan edi.

Rejissyor Zulfiqor Musoqov Farangiz Rejametovaning YTHda halok bo‘lganiga munosabat bildirdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

“Musibat va alam. Bir nechta filmlarda suratga tushgan aktrisa Fotima Rejametovani yoshgina qizi Farangiz (u «Oyijon» filmida esda qoldi) avtomashina g‘ildiraklari tagida halok bo‘ldi... Ota va onasiga sabr tilayman, bandalik... Alam? Ha, alam va g‘azab. O‘sha «Mersedes»da tezlikni oshirib yurgan va bir odamni boshini yegan ablahga ming la’nat. Bunaqa jinoyatchilarni ayab bitta odamni mashinasida o‘ldirgani uchun atigi 7 yil, ikkita va undan ortiq odam o‘lsa atigi 10 yil qamoq jazosini o‘ylab topgan qonunchilarga uyat.

O‘lganga va uning yaqinlariga ularni jigari nimadan o‘lgani baribir: pichoqdanmi yoki g‘ildirakdanmi. Natija butun boshli bir inson yo‘q bo‘ldi. Agar haydovchi odam urib yuborsa, 25 yil hech qanaqa amnistiyasiz qamalishini bilsa, o‘shanda ming marotaba o‘ylab ko‘radi, tezlikni oshirishni, og‘ziga spirt ichimlikni olishni ham o‘ylab ko‘radi... Lekin qonunchilar piyoda yurishmaydi, ular yozda konditsionersiz avtobusda ham yurishmaydi, ularni hovlisidagi chinorlarni ham kesishmaydi, pensiyasini ham bir-ikki parcha qog‘oz deb yillab mehnatini kesishmaydi...”, - deydi rejissyor Zulfiqor Musoqov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar