“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 04:42
ЎЗO‘Z

Samarqandda chaqaloqlarni vahshiylarcha o‘ldirgan jinoiy guruh kirdikorlari (video)

20 iyul, 16:42 6 472 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda chaqaloqlarni vahshiylarcha o‘ldirgan jinoiy guruh kirdikorlari (video) «Bir jinoyat izidan» ko‘rsatuvidan kadr.
Samarqandda sun’iy abort yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan xususiy shifoxona aniqlangani, ushbu shifoxona boshqaruvi xodimlari tirik tug‘ilgan chaqaloqlarni soxta hujjat bilan pullashgani, sotilmay qolgan go‘daklar esa qarovsiz qoldirilib, nobud qilingani haqida xabar berilgan edi.

«O‘zbekiston» telekanalida shifokor Nargiz Sanaxonova va uning jinoiy sheriklari kirdikorlariga bag‘ishlangan «Bir jinoyat izidan» ko‘rsatuvi efirga uzatildi. Ushbu ko‘rsatuvni quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilishingiz mumkin.

«Bir jinoyat izidan» ko‘rsatuvidan kadr.
«Uz24.uz» nashrining xabar berishicha, jinoyat ishlar bo‘yicha Samarqand viloyati sudining hukmiga ko‘ra, Nargiz Sanaxonova Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining v, j, o, p, r bandlari va boshqa moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan uzil-kesil 13 yil-u 2 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Uning jinoiy sherigi Dilorom Nasimovaga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining v, j, o, p, r bandlari, 135-moddasi 3-qismining a,g bandlari va boshqa moddalari bilan jinoyatlar majmui tariqasida 12 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Mazkur ish bo‘yicha Nargiz Sanaxonovaning qizi E’zoza Sanaxonova ham sudlangan bo‘lib, u bitta epizodda qatnashganligi uchun Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining a,g bandlari bilan aybli deb topilib, 5 yil muddatga qamoq jazosi tayinlandi. Biroq uning yoshi va talaba ekani, qaramog‘ida ukalari borligi inobatga olinib, Jinoyat Kodeksining 72-moddasi bilan 2 yilga sinov muddati belgilandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 63
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 20
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 202
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar