“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 20:14
ЎЗO‘Z

Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytganlar ijtimoiy himoya qilinadi

19 iyul, 17:47 5 196 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytganlar ijtimoiy himoya qilinadi Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari tashkil etildi.

“Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifalari etib:

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy himoya qilinishini tashkil etish va ta’minlash, tegishli tartibda kiyim-kechak, oziq-ovqat va turar joy uchun bir martalik to‘lanadigan nafaqa puli berish;

Maqbul ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, soha mutaxassislaridan yordam olish, zarur holatlarda davolanishga, qariyalar va nogironlar uylariga yo‘llanmalar berish;

Reabilitatsiya qilishda, uy-joy va maishiy hamda boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarni hal qilishda, qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar olishda yordam ko‘rsatish belgilandi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida, to‘liq ijtimoiy moslashtirish maqsadida mahkumlarni tizimli o‘rganish va ularning ongini o‘zgartirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarning yagona kompleks tizimi joriy etiladi.

Qarorda belgilanishicha mahkumlarga shaxsiy hujjatlarni tiklash va pasport olishda yordam ko‘rsatiladi, ularning pensiya sug‘urtasi, mehnat daftarchasini rasmiylashtirish shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingunga qadar amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 0
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 7
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 7
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 7
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 23
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 61
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 127
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 72
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 297
  • Bo‘limlar