“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:42
ЎЗO‘Z

OTMlarga hujjatlar qabul qilib bo‘lindi: ko‘rsatkichlar qanday?

18 iyul, 21:15 5 743 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OTMlarga hujjatlar qabul qilib bo‘lindi: ko‘rsatkichlar qanday? 15 iyul kuni oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish ishlari yakunlangan edi.

Respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 19 ta filiallariga 675 ming 49 nafar abituriyentlardan ariza qabul qilindi (2017 yilda – 729 ming 947 nafar). O‘tgan yilga nisbatan 54 ming 898 ta yoki 7,5 foiz kam hujjat topshirilgan.

Tanlov ko‘rsatkichi – o‘rtacha bir o‘ringa 8,3 tani tashkil etdi (2017 yilda – 10,9 ta).

Eng ko‘p hujjatlar quyidagi oliy ta’lim muassasalariga topshirilgan:

1. Qarshi davlat universiteti – 30.937 nafar (2017 yil 29.529 nafar);

2. Samarqand davlat universiteti – 28.733 nafar (2017 yil 24.515 nafar);

3. Farg‘ona davlat universiteti – 27.726 nafar (2017 yil 26.618 nafar);

Eng katta konkurslar: Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali – 1 o‘ringa 23,2 tani;

Andijon mashinasozlik instituti – 1 o‘ringa 18,3 tani;

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali – 1 o‘ringa 17,6 tani;

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali – 1 o‘ringa 16,6 tani;

Andijon tibbiyot instituti – 1 o‘ringa 15,8 tani tashkil etdi.

Shuningdek, abituriyentlardan eng ko‘p hujjat quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida qabul qilindi:

Toshkent davlat yuridik universitetining yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi o‘zbek guruhiga – 5.603 ta (2017 yilda – 5.178 nafar);

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialining davolash ishi ta’lim yo‘nalishiga – 4.968 ta (2017 yilda qabul bo‘lmagan);

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishiga – 3.788 ta (2017 yilda – 6.418 nafar).

Nisbatan kam hujjatlar quyidagi oliy ta’lim muassasalariga topshirilgan:

1. Toshkent davlat agrar universiteti – 7.492 nafar (2017 yilda 13.734 nafar);

2. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – 643 nafar (2017 yilda 1.427 nafar);

3. Termiz davlat universiteti – 27.647 nafar (2017 yil 36.546 nafar);

Test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlardan 54.976 ta ariza qabul qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 0
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 1
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 47
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar