“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:39
ЎЗO‘Z

So‘rovnoma: Farzandi o‘qituvchi bo‘lishni istaydiganlar soni 3 foizni tashkil qildi

18 iyul, 17:07 4 535 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
So‘rovnoma: Farzandi o‘qituvchi bo‘lishni istaydiganlar soni 3 foizni tashkil qildi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakatda o‘qituvchilarga e’tibor susayib ketgani, o‘qituvchining qadri qolmaganini keskin tanqid qildi.

Yig‘ilishda prezident o‘qituvchilik kasbining ijtimoiy mavqeini oshirish borasida xalqaro ilg‘or tajribalar va tadqiqotlarga alohida to‘xtalib, Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan so‘rovda 55 foiz aholi farzandi o‘qituvchi bo‘lishini istaganini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekistonda esa so‘rovnomada qatnashganlarning bor-yo‘g‘i 7 foizi, o‘qituvchilar orasida esa atigi 3 foiz kishi farzandi o‘qituvchi bo‘lishni xohlashini bildirgan.

Yig‘ilishda o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni ish faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga, ya’ni obodonlashtirish, majlislarda qatnashish, obunaga jalb qilish, uyma-uy yurish va boshqa tadbirlarga umuman jalb qilmaslik, turli nazorat organlari va hokimlikka tegishli tashkilotlar tomonidan o‘qituvchilar faoliyatini tekshirish va o‘rganishlar qat’iy cheklash topshirig‘i berilgan.

Shuningdek, o‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoyalash uchun maxsus huquqiy xizmatni shakllantirish, ommaviy axborot vositalari orqali o‘qituvchining obro‘sini oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar yaratib, keng targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 119
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 123
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 221
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar