“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:05
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov hibsga olinmaganligini ma’lum qildi

18 iyul, 00:32 4 833 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura Toshkentning sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov hibsga olinmaganligini ma’lum qildi Bugun, 17 iyul kuni OAVda Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonov hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bosh prokuratura matbuot xizmati bu xabarlarni tasdiqlamadi, deb yozadi «Sof.uz».

Xabarlarda sobiq hokim poraxo‘rlik va mansabni suiiste’mol qilishda ayblangan. Tegishli moddalar bo‘yicha unga nisbatan ish qo‘zg‘atilgani ham yozilgan edi.

Ammo bosh prokuratura bu axborotni rasman inkor etdi.

«Rasman bayon etamizki, biz Rahmonbek Usmonovni hibsga olmaganmiz, bizda buning uchun asos yo‘q. Shuningdek, aytishim mumkinki, sobiq hokimga qarshi hech qanday jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan», — ma’lum qildi idora matbuot kotibi Surayyo Rahmonova.

Ayni paytda bir haftacha oldin prokuratura Usmonov tomonidan turli yillarda imzolangan, yer uchastkalari ajratilishi haqidagi qarorlarni to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi. Lekin bosh prokuratura vakillari bu sobiq hokimni hibsga olish uchun asos bo‘lmasligini tushuntirdi.

Joriy yil aprelida Rahmonbek Usmonov poytaxt hokimligidan bo‘shatilib, O‘zbekiston avtomobil transporti agentligiga boshliqning birinchi o‘rinbosari sifatida o‘tkazilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 260
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 112
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 156
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar