“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 22:05
ЎЗO‘Z

Qabul yakunlandi: Eng ko‘p hujjat qaysi oliy o‘quv-yurtlariga topshirilgani ma’lum

16 iyul, 21:56 7 598 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qabul yakunlandi: Eng ko‘p hujjat qaysi oliy o‘quv-yurtlariga topshirilgani ma’lum 15 iyul kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul uchun hujjat qabul qilish jarayoni yakunlandi.

Davlat test markazi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1-15 iyul kunlari Respublika bo‘yicha jami 60ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 19ta filialiga 675 049 nafar abituriyentdan ariza qabul qilindi. Tanlov ko‘rsatkichi bir o‘ringa o‘rtacha 8,3 tani tashkil etdi.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p hujjat quyidagi oliy ta’lim muassasalariga topshirilgan:
Qarshi davlat universiteti – 30 937 nafar;
Samarqand davlat universiteti – 28 733 nafar;
Farg‘ona davlat universiteti – 27 726 nafar;

Eng katta konkurs quyidagi oliy ta’lim muassasalarida qayd etildi:
Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali – 1 o‘ringa 23,2;
Andijon mashinasozlik instituti – 1 o‘ringa 18,3;
Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filialida – 1 o‘ringa 17,6.

Joriy yilda bakalavriatga kirish uchun 675 049 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 729 950 nafarni tashkil etgandi. 2016 yilda esa 663 304 nafar abituriyent talaba bo‘lish maqsadida ariza bilan qabul komissiyasiga murojaat qilgan.

Manba: xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 119
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 20
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 28
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • Bo‘limlar